Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 00:00 Barselona 5-1 Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona 1-1 OKMK
21/10 21:00 Al-Ayn 4-5 Al-Hilol
21/10 21:00 As-Sadd 1-0 Persepolis
21/10 21:00 Ash-Shorta 0-0 Paxtakor
21/10 23:00 Ar-Rayyan 1-2 Al-Ahli (SA)
21/10 23:45 Verona 0-3 Monsa
22/10 00:00 Valensiya 2-3 Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest 1-0 Kristal Pelas

Joze Mourinyo: «Biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz!»

Joze Mourinyo: «Biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz!»

Baho:
+ | -

Angliyaning yetakchi jamoalaridan biri hisoblanmish “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining 4-tur doirasidan o‘rin olgan “Benfika”ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin va “Manchester Yunayted” jamoasining maqsadlari haqida...

“...Bizning asosiy maqsad — bugun g‘alaba qozonib, guruhdan peshqadam jamoa sifatida keyingi bosqichga chiqish!

Guruhdan chiqish uchun bizga kamida 10 ochko yetadi. Hozircha hisobimizda 9 ochko mavjud. Durang ham yaxshi natija, lekin o‘z maydonimizda faqat g‘alaba uchun kurashamiz.

Biz “Benfika” klubining qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilamiz va o‘yin qiyin bo‘lishini tushunib turibmiz.

Chunki bugungi o‘yin natijasi “Benfika” uchun guruhda jon saqlab qolish imkoniyatlarini keskin oshirishi mumkin. Raqiblar g‘alaba qozonish maqsadida bor kuchlari bilan o‘ynashlari tabiiy. Aks holda, ular guruh bosqichining o‘zida turnir bilan xayrlashishadi.

Men “Benfika”ning SSKA jamoasiga qarshi uchrashuvini qayta tomosha qilib chiqdim. Ammo nega “Benfika” o‘z maydonida imkoniyatni boy berganini tushuna olmadim.

“Manchester Yunayted” bosib o‘tgan davr haqida...

“...Biz o‘tgan mavsum Yevropa Ligasi musobaqasida ishtirok etdik, endi yana Yevropa chempionlar ligasiga qaytishga erishdik.

Esingizda bo‘lsa, ikki yil avval “MYU” guruhda o‘zidan “PSV” va “Volfsburg”dan kam ochko to‘plagan holda YECHLdan chiqib ketgandi. O‘ylaymanki, ayni damdagi holat “Manchester Yunayted” klubining qanchalik o‘zgarib, oldinga qadam tashlaganini isbotlab beradi.

“MYU” Angliya chempionatida ikkinchi o‘rinda, YECHLda peshqadam, ustiga-ustak Liga kubogi musobaqalarida ham ishtirok etib kelyapmiz.

Ushbu musobaqalarda har qaysi jamoa ham muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Yevropa Ligasida g‘olib bo‘ldik va endi o‘z kuchimizni yirikroq bo‘lgan turnir — YECHLda sinab ko‘ramiz. “Manchester Yunayted”ning hozirgi tarkibi avvalgilaridan ancha kuchli hisoblanadi”.

Romelu Lukakuning “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda yo‘qolib qolganligi haqida...

“...Lukaku maydonda yo‘qolib qoldi, deb hisoblamayman. Shunchaki Lukaku Alderveyreld, Vertongen va Dayer kabi tajribali markaziy himoyachilar qarshiligiga dosh bera olmadi, xolos.

Nima bo‘lganda ham muhim o‘yinda g‘alaba qozona oldik. 1:0 hisobi xavfli bo‘lsada, o‘yin so‘ngiga qadar boshqa gol kirita olmasligimizni sezib harakatlandik. Lukaku hali o‘z so‘zini aytadi”, deya o‘z so‘zlarini yakunladi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted”–“Benfika” uchrashuvi 1 noyabr kuniga o‘tar kechasi, 00:45 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” YECHLning 3-turidan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, “Benfika” uchta o‘yinning barchasida mag‘lubiyatga uchrab, birorta ochko ola bilmasdan, so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Bundan tashqari, Shveysariyaning “Bazel” klubi 6 ochko bilan “MYU”dan keyingi o‘rinni band etgan. Rossiyaning SSKA klubi birgina “Benfika” klubi ustidan safarda qozonilgan g‘alaba evaziga 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan. Moskvaliklar bugun “Bazel” maydoniga safar uyushtirishadi.

Akmalxon Eshonxonov tarjimasi

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 19:58, 31.10.2017.
O'qildi: 2110 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.