Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Tobi Alderveyreld kecha “Real”ga qarshi uchrashuv (3:1) da jarohat oldi.
O‘yindan so‘ng belgiyalik futbolchining o‘zi jarohat sabab bir necha haftani o‘tkazib yuborishini tan oldi.
Endilikda Alderveyreld 18 noyabr kuni “Arsenal”ga qarshi safar uchrashuvida ham maydonga tusha olmaydi.