Belgiyalik vinger Leandro Trossard «Arsenal»dan «Beshiktash»ga o‘tdi.
Endi londonliklar ushbu pozisiya uchun yangi futbolchi izlashmoqda. Manbaning yozishicha, «Arsenal» «Real» yulduziga e’tibor qaratgan.
«Kanonirlar» Rodrigo bilan shartnoma imzolashni istashmoqda. Ammo braziliyalikning transferi uning jarohatdan tiklanishiga bog‘liq bo‘ladi. APLning o‘tgan mavsumida «Arsenal» birinchi o‘rinni egallab, 22 yil ichida ilk bor chempionlik titulini qo‘lga kiritdi.













