Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» Xulian Alvares uchun 80 mln yevro va Dyokereshni taklif qildi

«Arsenal» Xulian Alvares uchun 80 mln yevro va Dyokereshni taklif qildi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan qaytmayapti.

Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» madridliklarga taxminan 80 million yevro hamda hujumchi Viktor Dyokereshni taklif qilgan.

Shuningdek, «Arsenal» Alvaresning o‘ziga yiliga 25 million yevro atrofida maosh to‘lashga tayyor. Bu argentinalik futbolchining hozirgi daromadidan qariyb ikki baravar ko‘p.

Biroq transfer taqdiri ko‘p jihatdan Alvaresning qaroriga bog‘liq. Hujumchi Angliyaga qaytishga unchalik qiziqish bildirmayapti. U avval «Manchester Siti» safida Premyer-ligada to‘p surgan.

Alvares uchun asosiy da’vogar sifatida uzoq vaqt «Barselona» ko‘rsatib kelingan. Ammo «Atletiko» o‘zining yetakchi futbolchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilaridan biriga sotishni istamayotgani aytilmoqda.

Shu tariqa, «Arsenal»ning moliyaviy jihatdan jozibador taklifiga qaramay, yakuniy qaror Alvaresning o‘ziga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 08:08, 21.08.2026.
O'qildi: 2751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик