Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

«Qo‘qon-1912»: O‘rinbosarlarimiz Buxoroda durang o‘ynashdi

«Qo‘qon-1912»: O‘rinbosarlarimiz Buxoroda durang o‘ynashdi

Baho:
+ | -

Bugun o‘rinbosarlarimiz Buxorodagi “Umid” stadionida “Buxoro” o‘rinbosarlariga qarshi maydonga tushishdi. Ushbu bahs har ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyatga ega edi. 27-tur tur oldidan bu jamoalar turnir jadvalida yonma-yon joylashishgandi va bugun g‘alaba qozongan jamoa raqibidan uch ochkoga uzib ketish imkoniyatiga ega bo‘lardi.

O‘yinni vakillarimizlar ancha faol tarzda boshlashdi.

11-daqiqada hisobni ochishga yaqinlashdik. Abror Rahmonovning zarbasini darvozabon chiziqni ustida ushlab oldi.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoada ham darvozani ishg‘ol etish uchun bir qator vaziyatlar vuudga keldi. Ammo ulardan foydalanishga kelganda har ikki jamoaga omad yetishmadi. Natijada birinchi taymda hisobni ochish hech kimga nasib etmadi.

Ikkinchi bo‘limni ham vakillarimiz faollik bilan boshlashdi.

48-daqiqada  raqib darvozasi oldida juda xavfli vaziyat ro‘y berdi. Raqib himoyachisi so‘nggi pallada jamoasi joniga oro kirdi. 50-daqiqada darvozamizga penalti belgilandi. Ammo bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan yosh posbonimiz Islom Abdullayev mahorat ko‘rsatib penaltini qaytardi. 60-daqiqada Iqbol Malikjonovning zarbasi biroz noaniq ko‘rinish oldi. 63-daqiqada mezbonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Ushbu vaziyatda himoyachilarimiz xatoga yo‘l qo‘yishgandi. Abdullayev yana bir marta bizni goldan qutqardi.  73-daqiqa maydon egalari bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Suhrob Ne’matov hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylandi.  Suhrob futbolchimizga «Zidan uslubida» kalla qo‘ygani uchun maydondan chetlatildi. 79-daqiqada Avilovning bosh bilan zarbasi salgina noaniq bo‘ldi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida buxoroliklar katta kuch bilan hujumga tashlanishdi. Futbolchilarimiz ham ularga tezkor hujumlar bilan javob qaytarib turishdi.

O‘yin oxiriga qadar tablodagi nursiz durang o‘zgarishsiz qoldi. Shu tariqa, o‘rinbosarlarimiz ketma-ket uchinchi bahsda raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi.

 

Yoshlar ligasi

27-tur

"Buxoro" – “Qo‘qon-1912” – 0:0

Hakamlar: I. Xudoydotov, A. G‘iyosov, A. Lyapkin, G‘. Nurollayev.

Nazoratchi: A. Hotamov.

“Buxoro”: 25. Muhiddin Xudoyorov, 2. Kirill Pasichnik, 3. Rahmon Ochilov, 9. Anvar Jo‘rayev, 11. Akobir To‘rayev, 14. Mirfayz Muhiddinov, 18. Zohid Karimov, 21. Xurshil Olimov, 23. Burhon Hasanov, 29. Robbim Hasanov, 33. Narimon Hasanov.

Zaxira: 80. Shohjahon Nasimov, 7. Suhrob Ne’matov, 8. Behruz Shodmonov, 16. Behruz Zayliddinov, 17. Ravshan Yangiyev, 93. Elshod Dilmurodov, 97. Soli Karimov.

“Qo‘qon-1912”: 30. Islom Abdullayev, 4. Ma’mur Rahimov, 6. Dilshod Baratov, 7. Oybek Rustamov, 8. Baxtiyor Abdubannonov, 10. Abror Rahmonov, 15. Ibrohim Ahmadjonov, 25. Ismoil Oxunjonov, 28. Avaz Mamatxo‘jayev, 29. Iqbol Malikjonov, 75. Xushnud Avilov.

Zaxira: 1. Muhammadali Sobirov, 9. Ramzbek Isaqov. 11. Ibrohim Usmonov, 22. Muslimbek Mansurov, 31.Sardor Isaqov, 33. Ibrohim Muxtorov, 70. Dadaxon Sulaymonov.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 17:09, 03.11.2017.
O'qildi: 1804 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.