Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

“Qo‘qon-1912” – Bunyodkor” (prevyu)

“Qo‘qon-1912” – Bunyodkor” (prevyu)

Baho:
+1 | -

Oliy liganing 28-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarning birida “Qo‘qon-1912” va “Bunyodkor” klublari Qo‘qonda to‘qnash kelishadi. Mazkur o‘yinga oid statistik ma’lumotlar bilan tanishing.

O‘zaro o‘yinlar

Bu jamoalar Oliy ligada bugunga qadar besh marta ro‘baru kelishgan.

Uchrshuvlarning barchasida “Bunyodkor” g‘alabaga erishgan. Beshta uchrashuvda vakillarimiz “Bunyodkor” darvozasiga bir marta yo‘l topishgan. Hozircha yagona bo‘lib turgan golga jamoamiz sardori – Nosir Otaqo‘ziyev mualliflik qildi.

Fakt: Jamoamiz uchinchi marta “Bunyodkor” bilan o‘z maydonida to‘p surmoqda. O‘tgan yili Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Bunyodkor” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

 

Hakamlar

Payshanba kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912”- “Bunyodkor” o‘yinini Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradigan bo‘ldi.

Ushbu hakam bundan ikki tur oldin jamoamizning “Lokomotiv”ga qarshi kechgan bahsida ham ishlagandi.

 

Oliy liga

28-tur

9 noyabr, payshanba

“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Bunyodkor” (Toshkent)

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumayev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), I. Gormashov (Toshkent).

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent)

PFL vakili: V. Lyotkin

 

Boshlanish vaqtlari

Markaziy stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv 9 noyabr kuni soat 15:00da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. O‘rinbosarlar bahsi soat 14:00da boshlanadi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 09:17, 08.11.2017.
O'qildi: 2516 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик