Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Asror Aliqulov: «Nemis murabbiyi Toshkentga kelib, seminar o‘tsa, albatta qatnashish kerak»

Asror Aliqulov: «Nemis murabbiyi Toshkentga kelib, seminar o‘tsa, albatta qatnashish kerak»

Baho:
+ | -

O‘zbek futbolining afsonaviy himoyachilaridan bo‘lgan Asror Aliqulov JFL in Tashkent bolalar maktabida germaniyalik murabbiy o‘tkazadigan seminar haqida fikr bildirdi. Asror Aliqulov ayni vaqtda "Sho‘rtan" klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritmoqda va Germaniyadan tashrif buyuradigan Xerald Fris ishtirokidagi seminarda qatnashadi.

— Asror aka, siz tajribali mutaxassislar sirasiga kirasiz. Bolalar murabbiylari uchun tashkil etiladigan seminarga qiziqishingizga nima sabab bo‘ldi?
— Yurtimizga xorijdan murabbiy kelib, seminar o‘tkazadigan bo‘lsa, ishtirokr etish kerak. Chunki o‘rganadigan narsa har doim topiladi. Buning ustiga Germaniya futboli qanchalik rivojlanganini hammamiz yaxshi bilamiz. Nemis futboli tajribasini o‘rganish qiziqarli bo‘ladi. Fursatdan foydalanib bizga shunday sharoit yaratib bergani uchun JFL in Tashkent futbol maktabiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men uzoq yillardan buyon futbol ichidaman, ammo nemis mutaxassisidan o‘rganadigan narsa albatta topilishiga ishonaman.

— O‘zbekistonda avval ham shunga o‘xshash seminarlar o‘tkazilganmi?
— Ochig‘i, shaxsan o‘zim eslay olmayman. To‘g‘ri, xorijlik mutaxassislar o‘zbek futbolchilariga qiziqib kelib, o‘yinlarini kuzatishganini ko‘rganman. Ammo bizga biror narsa o‘rgatib ketishmagan. Menimcha bunaqasi birinchi marta bo‘lyapti.

Eslatib o‘tamiz, JFL in Tashkent futbol maktabida Xerald Frits tomonidan o‘tkaziladigan seminar ertaga boshlanadi va 20 kun davom etadi. Seminarda ishtirok etishni istaganlar +99895 1959890, 83712689438, +99890 9999890 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Manba: www.jfl-tashkent.uz
Kiritildi: 10:06, 08.11.2017.
O'qildi: 2347 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик