Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Billur» lolarang libosini yechdi yoxud Robbenning terma jamoadagi faoliyatiga nazar

«Billur» lolarang libosini yechdi yoxud Robbenning terma jamoadagi faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

Ha, zamonaviy futbolning mohir yarim himoyachilaridan biri bo‘lgan Aryen Robben milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Shubha yo‘qki, Aryen kun sayin yaqinlashib kelayotgan JCH-2018dan keyin terma jamoa bilan xayrlashish niyatida edi. Biroq Gollandiya o‘z guruhida 3-o‘rinni egallab, hatto to‘qnash uchrashuvlaridan ham chetda qoldi - Robbenning «dubl»i ochkolar bo‘yicha Shvesiyaga yetib olishni ta’minlagan bo‘lsada, to‘plar nisbatiga ko‘ra, ustunlik uchun kamlik qildi.

Shundan so‘ng jonkuyar jangchi «lolaranglilar» bilan qandaydir natijaga erishishdan umidini uzdi. Xotima o‘rnida Robbenning golland futboli oldidagi xizmatlarini yodga olishni lozim topdik.

Avlod ramziga aylandi

Asrimiz boshida golland futboli avlodlar almashuvi davrini boshdan kechirdi - JCH-1998ning bronza medallariga sazovor bo‘lgan Bergkamp, Klyuyvert, aka-uka de Bur, Koku va Davids sahnani tark etdi.

Oqibatda jamoa Yaponiya-Koreya maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati va Yevro-2004 musobaqasidan chetda qoldi. Shundan keyin yoshlarga e’tibor qaratgan Dik Advokaat tarkibni Robben, Van der Vart, Sneyder va Xeytinga kabi iqtidorlar bilan to‘ldirdi.

Aryenning debyuti keyinchalik ramziy ma’noga ega bo‘ldi - 2003 yilning bahorida yosh yarim himoyachi Portugaliya bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida Mark Overmarsning o‘rniga maydonga tushdi.

Shu tariqa golland futbolida yangi Overmars paydo bo‘ldi. Bir necha oydan keyin navbatdagi qit’a birinchiligi uchun saralash bosqichida Makedoniya darvozasini ish-g‘ol etib, terma jamoadagi ilk golini nishonladi.

Salbiy qahramon unvonini oldi

Hali ijtimoiy tarmoqlar to‘la shakl­lanishga ulgurmasidan, Robben u yerdan mustahkam o‘rin oldi. O‘z xohishi bilan emas, albatta. Yevro-2008(!)­ning guruh bosqichi doirasidagi Chexiyaga qarshi o‘yinda golland­lar 2:1 hisobida oldinda borishayotgandi.

Boz ustiga, tashabbus ular tomonida, tez orada uchinchi gol amalga oshadigandek edi. Biroq 59-daqiqada Advokaat himoyani kuchaytirishga qaror qildi va faolligi bilan yaqqol ajralib turgan Robbenning o‘rniga Bosveltni «jang»ga tashladi.

Natijada Chexiya jonlanib qoldi va oxirgi daqiqalarda 2ta gol urib, irodali g‘alabaga erishdi. Shu tariqa «lolaranglilar» safidagi har bir omadsiz almashish «Robben rokirovkasi» deb ataladigan bo‘ldi.

Penalti tavqi-la’natini olib tashladi

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:22, 09.11.2017.
O'qildi: 2022 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.