Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Xavyer Maskerano yana Angliyaga qaytishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli himoyachi mavsum yakunlangandan so‘ng avval (2007-2010) faoliyat olib borgan “Liverpul”ga qaytish ehtimoli yuqori ekan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Maskerano faoliyatini Argentina chempionatida yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.