Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Shvesiyaning eng yaxshi hujumchisi yangi tarix ochishga tayyor

Shvesiyaning eng yaxshi hujumchisi yangi tarix ochishga tayyor

Baho:
+ | -

Markus Berg - Shvesiya milliy jamoasining JCH-2018 saralash bosqichidagi eng yaxshi to‘purari.

Shvedlar kvalifikasion raund yakunida «A» guruhida 2-o‘rinni band etishdi va endi Rossiya mundiali yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun «pley-off»da Italiya termasi bilan hisob-kitob qilishadi.

31 yoshli Berg garchi «moviy gvardiya» juftlikning yaqqol favoriti ekanligini tan olsada, o‘z faoliyatida ilk marta jahon chempionatida to‘p surishdan umidvor.

Yevropa hududidagi saralash bosqi-chining 9-turida Skandinaviya vakili Lyuksemburg termasini naq 8:0 hisobida tor-mor qilgach, gollandlar ustozi Dik Advokaat hayratini yashirib o‘tirmadi:

«Bu qanday telbalik!» O‘sha vaqt 2-o‘ringa chiqishdan umidvor bo‘lib turgan Gollandiya termasi va uning bosh murabbiyini tushunish mumkin edi, chunki kamtarin sanalgan Lyuksemburg jamoasi saralash davomida bir qator «sensasiya»lar qayd etishga ulgurgandi.

Deylik, lyuksemburgliklar Tuluzada guruh yetakchisi Fransiya termasi bilan 0:0 hisobini qayd etishdan tashqari, Belarus jamoasini yengish uddasidan chiqishgan, qolaversa, birinchi davra o‘yinida shvedlarni ham ancha asabiylashishga majbur etishgandi. Yakuniy pallaga kelib esa, naq 8ta gol qo‘yib yuborib, gollandlar oldidagi vazifani misli ko‘rilmagan darajada murakkablashtirishdi.

Chunonchi, shu natija tufayli, shvedlar to‘plar nisbatini ancha yaxshilab olib, 2-o‘rin masalasini deyarli hal qilishdi. Biroq ko‘pchilik qatori Dik Advokat ham o‘sha vaqt Markus Berg nihoyatda yaxshi sport formasiga kirganini e’tiborga olmagandi.

Chunonchi, faxriy hujumchi Lyuksemburg termasiga qarshi o‘yindan oldin saralash bosqichining oxirgi 2ta turida o‘z nomiga gol yozib qo‘ygandi. Berg shuningdek, hozirgi klubi -«Al-Ayn» (BAA) tarkibida ham mahsuldorlik qayd etgandi - 2ta o‘yinda 3ta gol.

Shunga qaramay, shved hujumchisining Lyuksemburg termasi darvozasini 4 marta nishonga olishi va shvedlar 8:0 hisobida g‘alaba qozonishlarini birov kutmagani rost. Demakki, bunga noreal voqelik sifatida qaragani uchun  Dik Advokaatni ayblash o‘rinsiz.

Fakt shuki, noreallik reallikka aylandi: Berg tomonidan qayd qilingan «poker» shvedlarning «pley-off»ga yo‘l olishlarida katta ahamiyat kasb etdi. «Bungacha milliy jamoa o‘yinida biror marta 4ta gol urgan emasdim, - dedi Berg FIFA rasmiy sayti muxbirlari bilan suhbatda. - Bu ta’riflanmas ajoyib hissiyot...

O‘z vataningda, muxlislar bilan to‘lgan tribunalar ostida o‘ynashning o‘zi katta zavq. Yaqinlaring ko‘z o‘ngida 4ta gol urish esa ikki hissa maroqli - bunaqasi sira unutilmaydi».

E’tiborli tomoni, Markus Berg «poker»ga erishgan kuni Shvesiya milliy jamoasi safida 50-marta maydonga tushgandi. Demakki, u yubiley o‘yinini munosib bezadi.

O‘z o‘rnida aytish kerak, 31 yoshli hujumchi milliy jamoa libosini 50 martadan ko‘p kiyishga ulgurgan bo‘lsada, ko‘pincha betakror Zlatan Ibragimovich soyasida qolardi. Faqat JCH-2018 saralashiga kelibgina Markus asosiy tarkibdan muqim joy oldi.

Uning aytishicha, vaziyat shunchaki, o‘zini ko‘rsatishini taqozo etgan ekan: «Terma jamoada men uchun eng yaxshi davr shu oxirgi 2 yilga to‘g‘ri keldi.

Ochig‘i, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:11, 11.11.2017.
O'qildi: 2884 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.