Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

O‘rtoqlik o‘yinida BAAga yutqazdik

O‘rtoqlik o‘yinida BAAga yutqazdik

Baho:
+ | -

Yangilangan O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Alberto Dzakkeroni boshchiligidagi Amirlik termasi o‘z maydonida terma jamoamizni mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida mezbonlar Ali Mabxutni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yuborishdi. Hujumchi Nesterovni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu tarkib bilan ilk o‘yinini o‘tkazgani bois, hali yuqori saviyada jamoaviy o‘yin namoyish qila olmadi. Vaqt o‘tgan sari, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston BAA darvozasi oldida bir nechta vaziyatlarni yuzaga keltirdi, ammo ulardan foydalanish futbolchilarimizga nasib etmadi. Bahs so‘ngida Azizjon G‘aniyev yo‘llagan jarima zarbasi ancha xavfli bo‘ldi. To‘p Xolid Eysaning qo‘li va to‘singa tegib, maydonni tark etdi.

Shu tariqa, uchrashuv startida kiritilgan to‘p BAA terma jamoasiga g‘alaba keltirdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Al-Ayn, “Xalifa bin Zayd” stadioni

BAA – O‘zbekiston 1:0

Gol: Ali Mabhut (16)

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov (SHuhrat Muhammadiyev, 52), Sherzod A’zamov, Rustam Ashurmatov (Islom To‘xtaxo‘jayev, 46), Akramjon Komilov (Farrux Sayfiyev, 46), Vladimir Kozak, Sardor Mirzayev (Dostonbek Hamdamov, 46), Odiljon Hamrobekov (Azizbek G‘aniyev, 46), Bahrom Abdurahimov (Ivan Nagayev, 72), Otabek Shukurov, Marat Bikmayev.

BAA: Xolid Issa, Salim Solih (Jassim Yoqub, 32), Xalifa Muborak, Amir Abdulrahmon, Mohnad Salim, Ali Ahmad Mabhut (Ahmad Al-Hoshmi, 89), Umar Abdulrahmon, Hamis Ismoil, Hamis Mahmud, Muhammad Favziy, Ismoil Ahmad.

Ogohlantirishlar: Akrom Komilov (24), Xalifa Muborak (37)

Hakam: Turki Muhammad Al-Huhayr (BAA)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:54, 14.11.2017.
O'qildi: 12470 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик