Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Alisher Nikimbayev: «Lisenziyalash jarayoni — futbolni rivojlantirish uchun eng asosiy instrument»

Alisher Nikimbayev: «Lisenziyalash jarayoni — futbolni rivojlantirish uchun eng asosiy instrument»

Baho:
+ | -

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Jumladan, Alisher Nikimbayev Oliy ligada qatnashayotgan klublarning soni emas, sifati muhim ekanini ta’kidlar ekan, O‘zbekiston Futbol Federasiyasining Oliy liga formatini o‘zgartirish va klublarni lisenziyalash bo‘yicha talablar kuchaytirgani mana shu sifatni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

“Men OFKda ikki yil davomida lisenziyalash masalalari bilan shug‘ullanganman. Lisenziyalash jarayoni futbolni rivojlantirish uchun eng asosiy instrument. Federasiyamiz rahbariyati mana shu instrumentdan foydalanayotgani meni xursand qilmoqda. Avvallari lisenziyalash masalasiga jiddiy ahamiyat qaratilmagan. Masalan, “Obod”, “Sho‘rtan” kabi klublar lisenziyalash talablariga javob bermaydi. Lekin ularga Oliy ligada ishtirok etishga ruxsat berilgandi. Lisenziyalashda asoiy tamoyillardan biri klublarning o‘z futbol maktabi, mashg‘ulot maydonlari bo‘lishi hisoblanadi. Lekin biz yaxshi bilamizki, “Obod” klubining o‘z futbol maktabi yo‘q.

Agar klublarni lisenziyalash bo‘yicha saralaydigan bo‘lsak, balki Oliy liga talabiga javob beradigan klublar 12tadan ham kam qolar. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Oliy ligada talabga javob beradigan futbol klublari ishtirok etishi kerak”, — deydi Alisher Nikimbayev.

Bundan tashqari, futbol mutaxassisi Oliy liga klublaridagi murabbiylar masalasiga ham e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlab o‘tdi. Hozirda milliy chempionatimizdagi klublarning yarmidan ko‘prog‘ida yosh murabbiylar faoliyat yuritayotgani, ushbu murabbiylarning malakasini oshirish uchun Malayziya, BAA, Rossiya kabi davlatlarda o‘quv seminarlari tashkil qilish zarurligini ham qo‘shimcha qildi.

“Birlashgan Arab Amirliklarida yaqin uch yil ichida 3ta katta musobaqa – Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatlari va Osiyo Kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Bizdagi murabbiylar, futbol mutaxassislari mana shunday katta musobaqalarga borib ish o‘rganishlari zarur. U yerda tashkilotchilik masalalari, musobaqalarni o‘tkazish, OAV bilan ishlash va boshqa jihatlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, tajriba to‘plab kelishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi”, - deydi Alisher Nikimbayev.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 15:22, 15.11.2017.
O'qildi: 3050 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик