Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning eng kuchli terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning eng kuchli terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, bugun 17 noyabr kuni O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio shahrida Yaponiya futbol assosiasiyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston futbol federasiyasi va Yaponiya futbol assosiasiyasi o‘rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu kelishuv asosida har ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish, turli musobaqalar va mavsumiy yig‘inlarni tashkil etish, O‘FF va YAFA terma jamoalari murabbiylari o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston futbol federasiyasi va Yaponiya futbol assosiasiyasi murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o‘rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo‘yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasida ham kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston futbol federasiyasi va Yaponiya futbol assosiasiyasi hakamlikni rivojlantirish va tajriba almashish borasida ham hamkorlik qiladigan bo‘ldi.

“Yaponiya futbol assosiasiya bilan kelishuvga erishilgani o‘zbek futboli uchun juda katta foydasi tegadi, deb ishonaman. Yaponiya kabi futboli rivojlangan mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik qilish orqali O‘zbekiston futbol federasiyasi xodimlarining tajribasini va malakasini oshirish maqsad qilingan”, — deydi O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:30, 17.11.2017.
O'qildi: 6844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик