"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Vest Bromvich"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida yangi qo‘yilgan soqol bilan paydo bo‘ldi.
"Xotinim soqolimni o‘stirib ko‘rishni maslahat berdi. Buni birinchi marta qilyapman. Bu narsa menga omad keltiradimi, oldinda turgan o‘yin ko‘rsatadi. Tashqi ko‘rinishimni xotinim aytgani uchungina o‘zgartirdim.
Soqolimni "Chelsi"ning birinchi mag‘lubiyatigacha saqlaymanmi? Ha. Umid qilamanki, mavsum oxirigacha menda katta soqol bo‘ladi", - deydi Konte.
"Chelsi" APLda oxirgi uch o‘yinda g‘alaba qozondi va 11 turdan so‘ng 4-o‘rinda bormoqda.