Har bir taymda gol yoki golli uzatmalari bilan “PSJ”ning muhim o‘yinchisiga aylanib borayotgan dunyoning eng qimmat futbolchisi Fransiya poytaxtida OAV ning tanqidlari bo‘roni ichida qolib ketmoqda. Goal nashri ish shu ketishda ketadigan bo‘lsa, ikki taraf ham yo‘qotishi mumkinligini muhokama qildi.
Neymarga o‘xshagan juda kam futbolchilar maydonda ajoyib natijalarga erishayotganiga qaramay OAV ning o‘tkir nigohlar ostida qolib ketgan.
“PSJ” forvardi mavsumni juda yuqori saviyada boshladi. U 12 o‘yinda 11 gol urishga erishdi. 1 Liga va Chempionlar Ligasini qo‘shib hisoblaganda, u o‘rtacha, har 53,85 daqiqada hal qiluvchi vaziyatni amalga oshirmoqda.
Uning amalga oshirayotgan samaradorligi ham dunyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lgandan keyin kamlik qilmoqda. 222 million yevrolik futbolchi futbol tarixidagi har qanday futbolchidan ikki baravardan ortiq qimmat turadi. Bu albatta kelasi yilda “PSJ” “Monako” vakili Kilian Mbappening shartnomasini rasman yakunlaganida o‘zgaradi.
Qo‘shimcha nigohlar futbolchining o‘zini tutishi ko‘ngildagidek emasligi bilan yanada oshib ketdi. Uning jamoadoshlari va murabbiylar shtabi qarshisida ko‘rsatgan xurmatsizligi gazetalar sahifalaridan joy olishi bilan yakunlandi.
Bu shuningdek Braziliya terma jamoasi bilan FIFA kunlari vaqtida ham ro‘y berdi. Ustozi Tite tomonidan qattiq himoya qilingan 25 yoshli yulduz o‘zini tutib tura olmadi va “Selesao” ustozining o‘ng tarafida o‘tirgan holda ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
“Ular to‘qib chiqarayotgan uydirmalarning bari bo‘hton” – dedi Neymar Angliyaga qarshi o‘yindan oldin. “Murabbiyim yoki Kavani bilan oramizda hech qanday muammo yo‘q”.
Yuqori profilli yulduzlar va injiq futbolchilar bilan ishlashda tajribasiz Unay Emeri vaziyatni yumshatish maqsadida qattiq harakat qilmoqda.
Payshanba kuni matbuot oldidagi chiqishida “Maydonda nima yuz bersa, o‘sha eng muhim narsa” – dedi ispaniyalik mutaxassis eng qimmat shogirdi atrofida yurgan turli gap-so‘zlarni inkor qilgan holda.
“Park de Prens”dagilarning uni o‘z safiga qo‘shib olishining sabablaridan biri bu – OAV bilan butun dunyoga ta’sir qilish bo‘lgan. Ammo bunday tarzda emas. Aniqki, Neymar bosim ostida qolib ketmoqda.
Angliyaga qarshi durangdan keyin, hujumchi OAV ga intervyu berishni rad qildi, mahalliy nashrlar esa uni ...