Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Gvardiola: «Agar shogirdlarim o‘zlaridan ketib qolishsa, men ularni o‘ldiraman»

Gvardiola: «Agar shogirdlarim o‘zlaridan ketib qolishsa, men ularni o‘ldiraman»

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uning shogirdlari ketma-ket g‘alabalardan ruhlanib ketishsa yoki jamoaning keyingi natijalari qoniqarli bo‘lmasa, ularga jazo qo‘llashini aytib o‘tdi.

Aniqrog‘i, “Manchester Siti” futbolchilari o‘zlariga ko‘p ishonib yuborishsa, Gvardiola hazil tariqasida ularni o‘ldirishga ham tayyor ekanligini ta’kidladi.

“Jamoa natijalariga murabbiy javobgar hisoblanadi. Murabbiy natijani kimdan talab etadi? Albatta, futbolchilardan!

Agar ular tinmasdan qozonilayotgan g‘alabalar natijasida o‘zlaridan ketib qolishsa, men ularni “o‘ldirishga” ham tayyorman.

Mening jamoamda tartib o‘z o‘rnida, bunday bo‘lishiga ishonish qiyin. Chunki, “Manchester Siti”ga kelganimda birinchi ishimni aynan jamoa ichki muhitidagi tartibni mustahkamlashdan boshlaganman.

Ha, “Manchester Siti” balki yomon o‘yin o‘tkazar, balki bizni qaysidir jamoa mag‘lubiyatga uchratar, lekin men shogirdlarimning ko‘zlarida futbol o‘ynashlari uchun xohish ko‘rmasam, ular bilan keyin boshqacha gaplashib olaman”, deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola va uning “Manchester Siti”dagi germaniyalik shogirdi Leroy Sane Angliya Premyer-Ligasida oktyabr oyining eng ilg‘orlari bo‘lishgani haqida avvalroq xabar berib o‘tgandik.

Gvardiola ketma-ket ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sane birinchi marta oyning “eng yaxshi futbolchisi” deya e’tirof etildi.

Bundan tashqari, “Manchester Siti” jamoasi Angliya chempionatining 12 turidan so‘ng eng yaqin ta’qibchisi “Manchester Yunayted”ni 8 ochko ortda qoldirib yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Shuningdek, “shaharliklar” Yevropaning kuchli 5 ta chempionatida mavsum boshidan buyon mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa hisoblanishadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 00:30, 22.11.2017.
O'qildi: 3110 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик