Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zPFL «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramovni rasman ogohlantiradi

O‘zPFL «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramovni rasman ogohlantiradi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining "B" guruhida kurash olib borayotgan «Dinamo» hozirga qadar ikki uchrashuvda maydonga tushib ulgurdi. 10 may kuni Samarqand klubi o‘z maydonida Pro liga vakili «G‘azalkent» (2:3) bilan to‘qnash kelgan bo‘lsa, 15 may kuni Toshkentda «Lokomotiv» (2:2) klubiga qarshi to‘p surdi.

Har ikki uchrashuv yakunida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Dinamo» yordamchi murabbiyi Marat Miftaxutdinov ishtirok etdi. Bosh murabbiy Vadim Abramov esa musobaqa reglamentiga zid ravishda unda qatnashmadi.

OAV bilan muloqotga ochiq mutaxassis sifatida Vadim Abramovning mavsum davomida ilk bor matbuot anjumanida ishtirok etmagani Liga tomonidan vazminlik bilan qabul qilindi. Biroq murabbiyning ketma-ket ikkinchi bor bunday holatga yo‘l qo‘yishi reglament talablariga nisbatan hurmatsizlik sifatida talqin qilinadi. Shundan kelib chiqib, mazkur masala Liga Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.

Liga tomonidan taqdim etilgan lisenziya bilan uchrashuvda bevosita ishtirok etayotgan har qanday rasmiy shaxs musobaqa nizomlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi shartligini eslatib o‘tamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 00:05, 17.05.2026.
O'qildi: 1905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик