Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 0-0 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

PFL Bosh direktori Omon G‘ofurov OCHL finalini stadiondan kuzatib boradi

PFL Bosh direktori Omon G‘ofurov OCHL finalini stadiondan kuzatib boradi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 25 noyabr shanba kuni Yaponiyaning Saytama shahridagi “Saytama 2002” o‘yingohida Osiyo Chempionlar ligasining ikkinchi finali bo‘lib o‘tadi. Unda Yaponiyaning “Urava Red Daymonds” jamoasi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki final bahsi 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga yetgan.

Mazkur uchrashuvni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Zaxira hakami Ma’mur Saidqosimov. Darvoza ortidagi hakamlar esa Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev.

 Mazkur final bahsini bevosita stadiondan kuzatib borish uchun O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov OFK taklifiga ko‘ra Yaponiyaga jo‘nab ketdi.

PFL bosh direktori Yaponiyada OCHL finalini kuzatib borishdan tashqari Yaponiyaning Jey-ligasi (J League) rahbariyati bilan uchrashuv ham o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va Yaponiya Futbol Assosiasiyasi o‘rtasidagi kelishuv asosidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov ham ayni paytda Yaponiyada bo‘lib turibdi.

Ertaga 24 noyabr kuni Tokio shahrida OFK Musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Olim Arifov mazkur yig‘ilishda ishtirok etadi. Yig‘ilishda yil davomida OFK nomidan o‘tkazilgan  musobaqalar haqida hisobotlar tinglanadi. Shuningdek, 2019-2022 yillar davomida o‘tkaziladigan musobaqalar rejasi, jumladan, 2019 yil BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, kelasi yili Malayziya va Indoneziya davlatlarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionati U-16 va U-19 musobaqalariga doir masalalar muhokama qilinadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:58, 23.11.2017.
O'qildi: 1991 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик