Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

O‘FF MTJ bosh murabbiyligi uchun bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda

O‘FF MTJ bosh murabbiyligi uchun bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy jalb etish bo‘yicha bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ular qatorida murabbiylik faoliyati davomida Rossiya, Polsha, Xitoy va BAA chempionatlarida faoliyat olib borgan 49 yoshli ruminiyalik Dan Petreskuhamda Fransiya, Serbiya, Ukraina, Rossiya chempionatida harakat qiluvchi ko‘plab klublarda ishlagan 64 yoshli serbiyalik Slavolyub Muslin kabi mutaxassislar mavjud.

Shuningdek, Toshkentning “Paxtakor” hamda Moskvaning “Dinamo” kabi klublaridagi faoliyati orqali o‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan 50 yoshli chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich ham nomzodlar qatorida.

Shu bilan birga, italiyalik 52 yoshli murabbiy Andjelio Alessio (“Napoli”, “Yuventus”, “Chelsi” klublari va  Italiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan), germaniyalik 54 yoshli Bernd Shtork (“Shtutgart”, “Volfsburg”, “Borussiya” Dortmund klublari, shuningdek, Qozog‘iston, Vengriya terma jamoalarini boshqargan) va xorvatiyalik Branko Ivankovich (Eron milliy terma jamoasi, shuningdek, “Al-Ittifoq”, “Al-Vahda”, “Persepolis” klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan) bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.  

Bundan tashqari, Angliyaning “Vest Xem” klubi sobiq murabbiyi Slaven Bilich, “Napoli”, “Inter”, “Uotford” kabi klublarni boshqargan italiyalik 56 yoshli mutaxassis Valter Massari, “Feynord”, “Borussiya” Dortmund, “Gamburg” klublari va Gollandiya, Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalarda faoliyat yuritgan gollandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk ham muzokaralar olib borilayotgan mutaxassislar orasida mavjud.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:12, 23.11.2017.
O'qildi: 8950 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.