“Qorabog‘” bosh murabbiyi Gurban Gurbanov “Chelsi”ga qarshi o‘yin (0:4) dan so‘ng o‘yinni boshqargan hakamlar ishidan noroziligini bildirib o‘tdi.
“Ko‘p gapirishni istamayman. Anchadan beri bunday holatga tushmagan edim. Biz 90 daqida davomida yaxshi futbol namoyish etmoqchi bo‘ldik, lekin bir kishi kam bo‘lib harakatlanganimiz qimmatga tushdi.
Stadionga kelgan muxlislarga minnatdorlik bildiraman. Futbolda noxaqliklar ro‘y berishi mumkin, lekin bunchalik darajada emas.
Qizil kartochkada kimni ayblashni ham bilmayman. Hakamlar noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishdi. Shogirdlarimga o‘yin uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. “Qorabog‘” “Chelsi”ga son jihatdan yutqazdi xolos”, - deydi Gurbanov.