Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Prevyu: «Navbahor» - «Nasaf»

Prevyu: «Navbahor» - «Nasaf»

Baho:
+ | -

Bu yilgi chempionatning so‘nggi turida jamoamiz Namanganda, “Navbahor” jamoasi bilan bahs yuritadi. Mazkur jamoalar milliy chempionatdagi o‘zaro 42-uchrashuvida maydonga tushishadi.

Uchrashuv anonsi

O‘zPFL, 30-tur

“Navbahor” (Namangan) – “Nasaf” (Qarshi)

25.11.2017. “Markaziy" stadion. 14:00da

Bosh hakam: Temurbek To‘xtasinov (Andijon)

Qanot hakamlari: Anvarjon Marajabov (Andijon), Ziyodullo Abdurahmonov (Andijon)

Zaxira hakami: Olim To‘ychiboyev (Farg‘ona)

Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent)

O‘zPFL vakili: B. Namozov.

O‘zaro uchrashuvlarga oid ma’lumotlar

Ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari doimo keskin va murosasiz bo‘lgan. Jamoamiz bu yilgi  chempionatda “Navbahor”ni o‘z maydonida 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Navbatdagi uchrashuv jamoalarning chempionatdagi o‘zaro 42-o‘yini sifatida qayd etiladi. Bungacha jamoalar 41 bor o‘zaro kuch sinashishgan. 22 uchrashuvda “ajdarlar” g‘alabaga erishishgan. 10ta o‘yinda “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan. Qolgan 9ta bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 59-75 “Nasaf” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 39 ochkoni, “Nasaf” esa 75 ochkoni qo‘lga kiritgan. Ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarida eng yirik 6:0 hisobi qayd etilgan. Bu hisoblar Namangan va Qarshida ham qayd etilgan.

Namanganda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlar haqida

Mazkur jamoalar bungacha Namanganda 20 marta kuch sinashishgan. Navbatdagisi o‘zaro 21-uchrashuv bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan 20ta uchrashuvning 8tasida “Navbahor” g‘alabaga erishgan. 4tasida “ajdarlar” g‘alaba qozongan. 8 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Namangandagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga 65ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 41-24 “Navbahor foydasiga.

Namangandagi o‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” jamoasi “Nasaf”ni so‘nggi bor 2014 yili mag‘lubiyatga uchratgan. “Nasaf” esa Namangandan so‘nggi bor 2013 yili uch ochko bilan qaytgan. Keyingi ikki yilda jamoalar Namanganda o‘zaro durang o‘ynashgan.

2001 yili Namanganda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvda darvozalarga eng ko‘p,  sakkizta to‘p kiritilgan. Bu uchrashuvda “Navbahor” 6:2 hisobida g‘alabaga erishgan.   

Namanganda o‘tkazilgan so‘nggi besh uchrashuv natijasi

11.06.2016. “Navbahor” - “Nasaf”  2:2

10.05.2015. “Navbahor” - “Nasaf”  1:1

06.04.2014. “Navbahor” - “Nasaf”  1:0

30.03.2013. “Naavbahor” - “Nasaf” 1:2

03.09.2012. “Navbahor” - “Nasaf”  1:2

“Navbahor” jamoasi to‘purarlari

“Navbahor” jamoasining ayni damda to‘purarlari ro‘yxatini Azizbek Turg‘unboyev boshqarib kelmoqda, u hozircha raqiblar darvozasini 8 marta ishg‘ol qilgan. To‘purarlar ro‘yxatining 2-o‘rnida serbiyalik futbolchi Nemanya Yovanovich bormoqda. Bu futbolchi hisobida 7ta to‘p bor.

Jamoalarning yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv, 24 noyabr juma kuni To‘raqo‘rg‘ondagi stadionda soat 14:00da boshlanadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:55, 23.11.2017.
O'qildi: 3797 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.