Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiy izlamoqda. 8 nafar nomzodlar bilan tanishing

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiy izlamoqda. 8 nafar nomzodlar bilan tanishing

Baho:
+ | -

O‘zbek futbolida yangiliklar tez-tez bo‘lishiga o‘rganib qoldik. Shulardan biri terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash masalasi edi.

Umid Ahmadjonov rahbarligidagi tashkilot bu lavozimga Ro‘ziqul Berdiyevni vaqtinchalik qo‘yishga qaror qilishdi. Yaqin orada uning o‘rnini xorijlik mutaxassis egallaydi.

Bu haqda Ahmadjonovning shaxsan o‘zi aytib o‘tdi. Chetdan murabbiy qidirish borasida kam gapirildi, lekin tez orada kerakli nomzodlar milliy jamoa talablariga javob bermasligi haqida xabarlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan sports.ru saytining «Uzbekskaya kuxnya» blogi termamizga murabbiy tanlashda yordam berish maqsadida o‘z nomzodlarini taqdim qildi.

Birinchi variant: RONALD KUMAN

Murabbiylikdagi yutuqlari: Gollandiyaning uch karra chempioni, mamlakat kubogi va superkubogini bir martadan qo‘lga kiritgan. Portugaliya superkubogi va Ispaniya kubogi sohibi.

Plyuslari: Yaxshi aloqalarga ega va top-ligalarda ishlash tajribasi bor.

Minuslari: Xorij matbuotida ortiqcha baho berib yuborilgan.

Ronald Kumanni All-Timening eng kuchli himoyachilari qatoriga qo‘shish mumkin. Boshqa tarafdan esa, murabbiylik sohasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan, deb bo‘lmaydi: «total futbol» o‘ynash istagi katta masshtabdagi mag‘lubiyatlarga olib kelgan.

To‘g‘ri, Kuman ikkinchi darajali turnirlar va kuboklarda zafar quchgan. Garchi uning davrida «Benfika» inqirozga yuz tutgan bo‘lsada, bunda murabbiyning aybi yo‘q. «Valensiya» haqida esa ortiqcha fikr bildirish mushkul.

O‘sha mavsum uning shogirdlari yorqin o‘yin namoyish qila olishmagan. «Mestalya»dagi muxlislar esa jonajon jamoalarining oxirgi 11 yilda ilk bora 10-o‘rinda pastga tushishiga guvoh bo‘lishgan.

«Ayaks» bilan chempionatda g‘olib chiqishi haqida gapirsak, kechirasizu, buni Samvel Babayan ham uddalay oladi. Kuman O‘zbekiston termasiga qanday foyda keltirishi mumkin?

Birinchi o‘rinda jamoaga «yangi havo» olib kiradi, futbolchilarning jismoniy holati yaxshilanadi.

Ikkinchi variant: KARLES PUYOL

Murabbiylikdagi yutuqlari: yo‘q

Plyuslari: Kumandan ham mashhurroq.

Minuslari: Umuman murabbiylik tajribasiga ega emas.

O‘FF rahbariyatining yana bir harakati ispaniyalik mashxur futbolchini O‘zbekistonga taklif qilgani bo‘ldi. Puyol safar chog‘ida bolalarga «master-klass» o‘tdi.

Shu o‘rinda aytish joiz, O‘zbekistonga Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ham tashrif buyurishgan. Shuningdek, Puyol futbolchilik davrida Inyesta va Fabregaslar hamrohligida Toshkentga kelgandi.

Birinchi o‘rinda uning bosh murabbiy bo‘lishi terma jamoa qatori Karlesning o‘ziga ham foydali. Agar Puyol O‘zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqsa, balki «Barsa»ga chaqirishar?!

Uchinchi variant: VALERIY KARPIN

Murabbiylikdagi yutuqlari: Rossiya chempionatida 2-o‘rin.

Plyuslari: Rus tilida gaplashadi. Ispaniyalik murabbiylar shtabiga ega. Yaxshi taktik.

Minuslari: O‘zbek OAV bilan kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin.

Valeriy Karpin erkin murabbiylar bozorida kerakli joyda turibdi. Bejizga uning u yoki bu jamoani boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar urchimadi. Uning ustunligi - o‘zbekistonlik futbol muxlislari yoqimtoyi bo‘ladi.

Shu o‘rinda OAV bilan chiqisha olmaydi. Karpin qayerda ishlamasin, hamisha hujumkorlikni ma’qul ko‘rgan. Uning qo‘l ostidagi jamoalar o‘yin davomida taktikani bir necha bor almashtirishganiga guvoh bo‘lganmiz. Aynan shu jihat O‘zbekiston termasiga yetishmayapti.

To‘rtinchi variant: SEM ELLARDAYS DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:25, 24.11.2017.
O'qildi: 15335 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.