Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ 2-4 Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal 2-3 Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli

O‘z darvozasiga penaltidan gol urgan Karrager va boshqa qiziqarli voqealar

O‘z darvozasiga penaltidan gol urgan Karrager va boshqa qiziqarli voqealar

Baho:
+1 | -

Futbol olamida qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘lib turadi. Quyida ana shunday qiziqarli voqealar haqida o‘qishingiz mumkin.

***

Hozirda hakamlik qilayotgan sobiq futbolchi maksim Froklin 2000 yilda “Rotor” klubining zahira darvozaboni bo‘lgan. Garchi u mavsum davomida biror marta o‘yinga tushmagan bo‘lsada, maydonga o‘zboshimchalik bilan yugurib chiqqani uchun sariq kartochkaga loyiq ko‘rilgan. Keyin u Oliy liga jamoalarida umuman o‘ynamagan.

***

2001 yili Angliya kubogi ¼ final doirasidagi “Lester” – “Unikomb” (1:2) bahsidan oldin Premyer-liga jamoasi bilan bo‘ladigan safar uchrashuvidan oldin 3-divizion a’zosi – ‘Unikomb”da hujumchi muammosi paydo bo‘lgandi. Murabbiylar faxriy futbolchilar 38 yoshli Ian Rayt va 37 yoshli Janluka Vialli bilan kelishishning imkoniyatini topolmaydi. Shunda murabbiy Lori Sanches internet orqali e’lon berishga qaror qiladi. Uning chaqiruviga faqat bir hujumchi – hech kimga tanish bo‘lmagan, Shotlandiya va Finlandiya quyi ligalarida o‘ynagan Roy Essando “labbay”, deb javob beradi. Qarangki, 25 yoshli ushbu futbolchi ko‘p o‘tmay maydonga tushib, qo‘shimcha vaqtda “Lester” darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritadi.

***

2010 yili Argentina chempionati doirasida o‘tkazilgan “Ximnaziya La Plata” – “Boka Xuniors” o‘yinida futbol tarixida xali uchramagan va kelajakda ham uchrashi gumon bo‘lgan gol kuzatildi. Havodan oshirilgan to‘pga “Ximnaziya”ning ikki a’zosi – Sebastyan Ramero va Marko Pereslar tengdaniga, boz ustiga, qaychi usulida zarba berishdi. Qarangki, ikki kishidan zarba “egan” bechora to‘p chiroyli tarzda “Boka Xuniors” darvozasi to‘ridan joy oldi. Tabiiyki, bu 2 ta gol o‘rnida qabul qilinmadi, lekin shu bittasi ham la Plata klubining g‘alabasiga kifoya qildi – 1:0. Takrorlanmas gol esa Peresning hisobiga yozildi. Lekin hatto videotakrorlar ham buni tasdiqlamaydi. Chunonchi, ikki futbolchining oyoqlari to‘pga birdaniga tekkan. Aytgancha, golni birinchi bo‘lib Peres nishonlashni boshlagan. Ehtimol, hakam shu holatni hisobga olgandir.

Davomi>>

Kiritildi: 22:37, 24.11.2017.
O'qildi: 6823 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.