Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Vagiz Galiulin: «Har doim terma jamoadan taklif kutganman»

Vagiz Galiulin: «Har doim terma jamoadan taklif kutganman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Rossiyaning «Tosno» klubida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz jurnalistlar bilan har doim ham muloqotga kirishavermaydi.

Shuning uchunmi, rossiyalik hamkasblarimiz terma jamoalar o‘yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, yarim himoyachini suhbatga chorlashdi va eng muhim savollarni o‘rtaga tashlashdi.

Natijada Vagiz O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2018 saralashidagi muvaffaqiyatsizligiyu, yig‘inlarga nega chaqirilmagani xususida gapirishiga to‘g‘ri keldi.

- Terma jamoalarning o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun tanaffus yuzaga keldi. Biroq sizni 2012 yildan buyon O‘zbekiston termasiga chaqirishmayapti. Yana taklif qilishlaridan umidingiz bormi?

- O‘zbekistonlik jurnalistlar ham bu masalada menga tez-tez savol berishadi. Yashirmayman, har doim terma jamoadan taklif kutganman. Milliy jamoada men uchun noxush holatlar ro‘y bergandi va shu sabab, meni anchadan buyon chaqirmay qo‘yishdi.

Hozir esa jamoada o‘sha odamlar yo‘q va tabiiyki, chaqiruv kutmoqdaman. Ko‘ramiz, bundan nima chiqarkin? O‘ylaymanki, agar terma jamoaga mos harakatlansam, meni taklif qilishadi, albatta.

- Noxush holatlar. Aynan nimani nazarda tutyapsiz?

-  Bu haqda gapirishim nojoiz. Barchasini ommaga oshkor etishim to‘g‘ri emas, menimcha.

- Endi sizni taklif qilishlariga hech qanday to‘siq yo‘qmi?

- Yo‘q. Terma jamoa jahon chempionatiga chiqolmaganidan keyin unda barchasi o‘zgardi. Yangilar ish boshlashdi, tabiiyki, ular oldiga yangi vazifalar qo‘yiladi.

Hozir vaqtincha murabbiy ishlamoqda, yangisini esa keyinroq tayinlashadi. To‘g‘ri, terma jamoa oldiga aynan qanday vazifalar qo‘yilgani aniq emas. Natijalarni kuzatamiz va kutamiz.

- Umuman, terma jamoangizni kuzatib borish siz uchun nechog‘li qiziq?

- Albatta, barcha o‘yinlarini ko‘rishga harakat qilaman. Axir jamoada do‘stlarim to‘p surishadi. Eh, jahon chempionatiga chiqish uchun shunday yaxshi imkoniyat boy berilgani juda alam qildi. Yana bitta gol yetishmadi...

- Qaysidir vaqtda O‘zbekiston termasining Rossiya mundialiga yo‘l olishiga ishonganmidingiz?

- Ha, 90 foiz. Biroq jamoa Xitoyda kutilmaganda, 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi va bu turnir jadvalidagi holatni butunlay o‘zgartirib yubordi. Natijada uyda Janubiy Koreya termasini loaqal 1:0 hisobida yutish talab etildi.

Bilaman, O‘zbekiston termasi xitoyliklardan ancha kuchli, ammo yigitlar ko‘plab vaziyatlardan foydalana olishmadi va yakunda gol qo‘yib yuborildi.

Koreyaliklar esa bizga nisbatan kuchliroq, ammo ularni yengish shart edi. Afsuski, o‘yinda durang qayd etildi va termamiz mundialdan quruq qoldi.

- O‘zbekiston termasi JCH-2006 va JCH-2014 saralashida mintaqaviy «pley-off»da yutqazgan - birinchisida raqibning mehmonda urgan goli tufayli, ikkinchisida esa penaltilar seriyasida.

Sizningcha, JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun faqat omad yetishmayaptimi yoki...? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:39, 25.11.2017.
O'qildi: 3195 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик