Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Marat Bikmayev: «Ignatiy Nesterov 70ta «snikers» yutqazdi»

Marat Bikmayev: «Ignatiy Nesterov 70ta «snikers» yutqazdi»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» qatorasiga ikkinchi marta O‘zbekiston chempioniga aylandi. E’tiborli tomoni, «temiryo‘lchilar bu safar oltin medalni 8 ochkolik farq bilan rasmiylashtirishdi. Oldinda hali kubok finali ham bor.

Demak, Mirko Yelichich|Andrey Miklyayev shogirdlarida bu yil ham «oltin dubl» qayd etish imkoniyati bor. Tabiiyki, jamoa hozirda bor e’tiborini mavsumning so‘nggi uchrashuviga qaratmoqda.

«Loko»ning chempionatdagi zafariga eng katta hissani Marat Bikmayev qo‘shdi, deyish mumkin.

27ta gol bilan bosh to‘purarga atalgan sovringa ega chiqqan tajribali hujumchi shuning barobarida faoliyatidagi rekord ko‘rsatkichga erishdi.

Xullas, «Bunyodkor»ga qarshi kechgan va yangi-eski chempionning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan 30-tur uchrashuvidan so‘ng aynan Bikmayevni suhbatga chorladik.

- Marat, avvalo, chempionlik bilan tabriklaymiz. Chiroyli yakun - derbida «Bunyodkor»ni mag‘lub etdinglar. O‘yin haqida qisqacha fikringiz...

- Tabrik uchun rahmat. O‘yinga kelsak, ikki jamoa ham o‘z oldiga g‘alaba qozonish vazifasini qo‘ygandi. Ha, natija turnir jadvaliga hech qanday ta’sir o‘tkazmasdi, shunga qaramay, vazifa o‘zgarishsiz qoldi.

Xususan, biz muxlislarimiz ko‘z o‘ngidagi so‘nggi uchrashuvda 3 ochko olish ilinjida maydonga tushdik. Bosim yo‘qligi uchunmi, 5ta gol urildi. Agar ehtiyotkorlik bilan harakat qilinganida, bunday sermahsullik kuzatilmasdi.

Boshqa tomondan qarasak, ikki jamoani oldinda kubok finali kutyapti. Buni ham hech kim esdan chiqarmadi. Umuman, final oldidan g‘alaba qozonganimiz yaxshi bo‘ldi - bu ruhiy tetiklik bag‘ishlaydi.

- Asosiy tarkibning ayrim futbolchilari zaxirada qolishdi. Bu final oldidan ularga dam olish imkoniyatini berish bilan bog‘liqmi yoki kartalarni to‘liq ochmaslik?

- Jamoamizda 23 nafar futbolchining bari asosiy tarkibda tushishga loyiq. Lekin bitta o‘yinda hammaga imkon berishning iloji yo‘q.

Turnir nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etmaydigan uchrashuv bo‘lgani uchun murabbiylar o‘yin amaliyoti kam futbolchilarga ishonch bildirishdi.

Zero, odatda bunday futbolchilarda o‘yinga tashnalik darajasi yuqori bo‘ladi. To‘g‘ri, yana bir jihat kubok finaliga bog‘liq. Ya’ni ayrim yigitlarga bo‘lajak to‘qnashuv sabab dam berildi.

- «Loko» o‘tgan yilgiga nisbatan chempionlikni osonroq qo‘lga kiritgandek taassurot uyg‘otdi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- To‘g‘risi, mening bu boradagi fikrim boshqacha. Hattoki, birinchi davrada «Obod»ni 7:1 hisobida yengganimizda ham, ancha ter to‘kishimizga to‘g‘ri kelgandi.

Chetdan qaraganda, barchasi oson kechgandek tuyuladi. Aslida esa bunday emas. Axir chempion bo‘lishdan ko‘ra, bu maqomni himoya qilish qiyinroq sanaladi. Buni amalda ham ko‘rdik.

- Lekin yaqin ta’qibchini 8 ochko ortda qoldirdinglar. Xususan, chempionlik uchun kurashda «intriga» uncha sezilgani yo‘q.

- Eslang, so‘nggi turlarda «Nasaf» bilan o‘rtamizda 5 ochkolik farq yuzaga kelgandi. Agar Samarqandda «Dinamo»ga yutqazib qo‘yganimizdami, chempionlik masalasi xavf ostida qolardi.

Xullas, 29-tur yakunida «oltin»ni naqd qilib qo‘ymaganimizda, balki hozir bu mavzuda suhbatlashib o‘tirmasmidik...?

- 27ta gol urib, chempionat to‘purari bo‘ldingiz. Mavsum boshlanishi oldidan shunday samaradorlik haqida o‘ylaganmidingiz?

- Aslo. Shuncha gol urishni xayolimga ham keltirmagandim. Chunki bungacha sof hujumchi sifatida o‘ynamagandim. Faqat Temurxo‘ja Abduxoliqov ketgach, murabbiy meni hujumga qo‘ya boshladi. 

- «Qo‘qon-1912» darvozasiga kiritilgan to‘p avvaliga avtogol sifatida qayd etildi, keyinchalik sizning hisobingizga yozildi. Bu haqda nima deysiz?

- To‘purarlar ro‘yxatiga qaraganimda,  26ta gol yozishgandi, keyin 27ta bo‘lib qoldi. Hayron bo‘lgandim. Umuman, Qo‘qonda urilgan gol hisobimga yozilganini endi eshitdim. 

- 27ta gol - bu siz uchun rekord.

- Ha, hech qachon buncha ko‘p gol urmagandim. Esimda, 2003 yili «Paxtakor» safida 15ta golga mualliflik qilgandim. O‘shanda ham 9tasini chempionat, qolganini kubok bahslarida nishonlaganman.

Yana bir mavsum «Alaniya» klubida raqiblar darvozasini 14 marta nishonga olganman. Endi esa hisobimda roppa-rosa 30ta gol yig‘ilibdi, hozircha (kuladi). Shundan 3tasi kubok o‘yinlariga to‘g‘ri keladi.

- 11 metrli jarima zarbasini amalga oshirishga yondashuvingiz qanday - faqat gol urishga ishonganingizda «nuqta»ga yaqinlashasizmi yoki...? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:19, 28.11.2017.
O'qildi: 4978 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.