Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘FFda futbol federasiyalari vise-prezidentlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi

O‘FFda futbol federasiyalari vise-prezidentlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining majlislar zalida federasiya va PFL rahbariyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar futbol federasiyalari vise-prezidentlari, klub rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi masalalar qatoridan 2018 yil Superliga va Pro-ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo‘yiladigan talablarning qay tarzda bajarilayotgani, kelasi mavsumdan boshlab Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati nazorat qilib borilishi, klublarda faoliyat yuritayotgan murabbiylarning attestasiyadan o‘tkazish jarayoni, hakamlarni tayyorlash masalalari o‘rin oldi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Futbol Federasiyasi vise-prezidenti Shoakrom Isroilov milliy chempionatni kuchaytirish va o‘zbek futboli saviyasini yanada oshirish maqsadida Superligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo‘yilgan talablarni har bir klub belgilangan muddatda bajarishi zarurligini yana bir bor eslatib o‘tib, talablarni bajarmagan jamoalar musobaqa jadvalida egallagan o‘rnidan qat’iy nazar kelasi mavsumda Superligada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmasligi borasida ogohlantirdi.

Shuningdek, viloyat futbol federasiyalari tomonidan joylarda futbol infratuzilmalarini yaxshilash, klub akademiyalari, bazalari, futbol maktablarida zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi. O‘z o‘rnida yig‘ilishda so‘zga chiqqan viloyat futbol federasiyalari mas’ullari Professional Futbol Ligasi tomonidan klublar oldiga qo‘yilgan talablarni bajarish bo‘yicha joylarda kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, bu borada ish olib borilayotgani, belgilangan muddatgacha barcha talablar bajarilishini ta’kidlab o‘tishdi.

Majlis so‘ngida yig‘ilganlarga O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federasiyalarining umumiy ahvolini o‘rganish bo‘yicha federasiya xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilib, joylarga yo‘l olayotgani aytilib, ushbu ishchi guruhning hisobotlari asosida tegishli xulosalar chiqarilishi yana bir bor eslatildi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:01, 28.11.2017.
O'qildi: 3343 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик