Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal 2-3 Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus 3-0 Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad 3-1 Selta
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

Yangi nom – «Superliga»: Mutaxassislar qanday fikrda?

Yangi nom – «Superliga»: Mutaxassislar qanday fikrda?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘zbekiston chempionatida navbatdagi islohotlar ro‘y berdi – turnir nomi o‘zgardi. Endi oliy liga o‘rnini Superliga egallaydi.

Birinchi liga esa keyingi mavsumdan Pro-liga deb ataladi. Ushbu yangilik haqida kim qanday fikrda? «Sport» telekanali xodimlarining ayrimlari ushbu mavzu yuzasidan o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Sardor RAHIMOV («Sport» telekanali sharhlovchisi): - Superliga va Pro-liga haqidagi savollarga javob berishdan avval bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchiman. Aslida men 12ta jamoa qoladigan tizimga qarshi edim. Biror narsa aytildimi, demak bajarilishi kerak.

Shunday ekan, reglamentga binoan ishlash maqsadga muvofiq. Vaqtdan yutqazmaslik maqsadida jamoalar sonini qisqartirishni oqlay olmayman.

Agar kelasi mavsumdan 12 jamoalik tizim reglamentga kiritilib, keyin qabul qilinganida, menimcha, to‘g‘ri bo‘lardi. Ko‘ramiz, ushbu islohotlar qanday samara keltirar ekan?

Oliy va birinchi liganing nomi o‘zgarib, O‘zbekiston Superligasi va Pro-ligasiga aylanganiga kelsak, bu haqda fikr bildirmay turgan ma’qul.

Avval ish qay uslubda yo‘lga qo‘yilishini ko‘rib olish kerak. Agar faqat musobaqaning nomi o‘zgarsa, bundan foyda ko‘p bo‘lmaydi. Hozir esa faqat kutish kerak.

Eldor MUSTAFOYEV («Sport» telekanali sharhlovchisi): - ­Mening fikrim shunday - nom almashgandan ko‘ra, sifat o‘zgargani ma’qulroq. Jamoalar soni 12ta bo‘ladimi, 16 yoki 20tami, sifat bo‘lmasa, ko‘tarilish qiyin.

Federasiyaning hozirgi islohotini faqat bir tomonlama oqlay olaman - ular ishlashmoqda. Qilinayotgan mehnat qay darajada naf keltirishini esa ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng bilib olish mumkin.

Musobaqa nomi o‘zgargani yaxshi, ammo boshqa tomonlama ham yangiliklarga qo‘l urilmasa, bundan foyda kam. Eng avvalo, hakamlik ishini yaxshilash, o‘yinlarning tomoshabop bo‘lishini ta’minlash lozim. Shunda stadionlarga muxlislar keladi.

Og‘ir toshni birdan ko‘tarib bo‘lmaydi, sinib qolish mumkin. Agar bu o‘zgarishlar foyda keltirsa, quvonamiz. O‘FFning klublar va birinchi ligani yangilamoqchi bo‘layotgani yaxshi.

mmo biz butun tizimni o‘zgartirishimiz lozim. Bugungi kunda zamon bilan hamnafas yashamaslikning iloji yo‘q.

Jamoliddin BOBOJONOV («Sport» telekanali rejissyori):  - Chempionatimiz nomi o‘zgarganiga­ qarshiman. Menimcha, Superligadan ko‘ra, avvalgidek atalgani ma’qulroq edi. Buning uchun bir sababni keltira olaman.

Shu vaqtga qadar xorij saytlari milliy birinchiligimizni aynan oliy liga deb tanishar va bu tilimizning o‘ziga xos targ‘iboti hisoblanardi. Xuddi Italiya «A» seriyasi­ kabi chempionatimiz ham o‘z nomiga ega edi.

Endi esa, ko‘p joyda bo‘lgani singari, O‘zbekiston­ chempionati ham Superliga deb nomlanadi. 12 jamoalik tizimga keladigan bo‘lsak, buni qo‘llab-quvvatlayman va foyda keltirishiga ishonaman. Ammo reglament buzilishiga qarshiman.

Kelasi mavsum hujjatlarga o‘zgarish kiritib, jamoalar soni qisqarishi e’lon qilinganda, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Xayrulla HAMIDOV («Sport» telekanali sharhlovchisi): DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:29, 29.11.2017.
O'qildi: 9383 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.