Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids
27/01 11:00 Tailand 2-0 Livan
27/01 13:00 Iroq 4-2 Qirg‘iziston
27/01 13:00 Vyetnam 5-4 Kuvayt
27/01 13:00 Yaponiya - Avstraliya
27/01 15:00 Eron - Malayziya
27/01 17:00 Indoneziya 5-0 Janubiy Koreya
27/01 17:00 O‘zbekiston - Tojikiston
28/01 11:00 Afg‘oniston - Saudiya Arabistoni

O‘FFning yangi logotipi xalq tomonidan tanlab olinadi

O‘FFning yangi logotipi xalq tomonidan tanlab olinadi

Baho:
+ | -

“Digital Panda” brendi ostida faoliyat yurituvchi kompaniyasi O‘zbekiston Futbol Federasiyasi bilan hamkorlikda mamlakatning barcha dizaynerlari uchun tanlov e’lon qiladi.

Dizaynerlar o‘zlari tayyorlagan O‘zbekiston Futbol Federasiyasining yangi logotipi eskizlarini jo‘natishlari mumkin, g‘olib esa ovoz berish yo‘li orqali tanlanadi.

Zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun katta-katta tashkilotlar o‘z logotiplarini o‘zgartirib turishadi. Logotip – har bir tashkilotning yuzi hisoblanadi. Logotipda o‘sha tashkilotning maqsadi, mazmuni, qadr-qimmati aks etishi kerak.

Tanlov 4 bosqichdan iborat bo‘ladi: dizaynerlik ishlarini qabul qilish, Federasiyadagi mutaxassislar hay’ati tomonidan short-list uchun materiallarni tanlab olish, maxsus saytda e’lon qilish va muxlislar tomonidan berilgan ovozlar orqali g‘olibni aniqlash.

Tanlovga kelgan eskizlar ichida eng yaxshilarini tanlab olish uchun barcha dizaynerlik ishlari saytga joylab boriladi. Muxlislar saytga kirib, ro‘yxatdan o‘tgan holda, o‘zlariga yoqqan logotipga ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. Har bir muxlis bitta ovozga ega. Bu ovoz berish jarayonidagi shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Futbol yurtimizdagi eng sevimli sport turi. Shu sababli yangi logotip muxlislar tomonidan tanlanishi kerak. Bu tanlov yurtimizdagi barcha muxlislarni yanada jipslashtirishga xizmat qiladi.

“Digital Panda” Mail.ru Group kompaniyasining O‘zbekistondagi eksklyuziv vakili hisoblanadi. “Digital Panda” kompaniyasining “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi manzili: https://www.facebook.com/digitalpanda.uz/

Tanlovda ishtirok etish uchun yangi logotip eskizlarini quyidagi manzilga jo‘natishingiz mumkin: logo@ishtirok.uz

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +99871 231 80 80

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:59, 29.11.2017.
O'qildi: 4130 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.