Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

O‘FFda fan-klublar a’zolari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FFda fan-klublar a’zolari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasida Toshkent shahri jamoalari – “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” fan-klublari faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda futbol uchrashuvlarida davomida muxlislarning o‘zini tutish madaniyati, raqib jamoa futbolchilari va muxlislariga o‘zaro hurmatda bo‘lish, uchrashuv davomida qayd etilayotgan natijadan qat’iy nazar futbolchilarni o‘yin oxiriga qadar qo‘llab-quvvatlash, uchrashuvni boshqarib borayotgan hakamlar sha’niga noloyiq gap-so‘zlarni yo‘llmaslik, stadionga kirish va chiqish davomida, uchrashuv paytida tartibni saqlash, tozalik va ozodalikka rioya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, 4 dekabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi finalidan o‘rin olgan “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda haqiqiy o‘zbek futboli muxlislarining madaniyatini ko‘rsatish kerakligi, stadionda ajoyib muhit yaratgan holda o‘z sevimli jamoa a’zolarini uchrashuv oxiriga qadar faol ravishda qo‘llab-quvvatlash zarurligi tilga olib o‘tildi.

Bundan tashqari, milliy chempionat bahslari davomida qaysi jamoa muxlislari tartibsizlikka yo‘l qo‘yib, stadionda o‘zlarini noloyiq tarzda tutadigan bo‘lishsa, o‘sha jamoa O‘zbekiston Professional Futbol ligasi tomonidan qat’iy tarzda jazolanishi, keyingi uchrashuvlarni muxlislarsiz o‘tkazishi, bu borada klublarga qo‘yiladigan jarimalar miqdori oshirilgani fan-klub a’zolariga yetkazildi.

Qayd etish kerakki, bu kabi fan-klub a’zolari o‘rtasidagi yig‘ilishlar viloyatlarda ham o‘tkazilib, joylarda muxlislar bilan  ham faol tarzda ish olib boriladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:29, 29.11.2017.
O'qildi: 2093 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик