Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Men yadro urishi va yana Oliver Kandan qo‘rqaman

Men yadro urishi va yana Oliver Kandan qo‘rqaman

Baho:
+ | -

Dunyoga mashhur futbolchilarning futbol haqidagi qiziqarli iboralaridan tuzilgan kolleksiyani quyidagi o‘qishingiz mumkin.

Eduardo Da Silva (Braziliya)

- Aslida qanday sodir bo‘lganini yaxshi eslay olmayman. Shunday bo‘lsada, o‘sha daxshatli voqeani qayta ko‘rishga aslo toqatim yo‘q. Yerga qulab tushganimdan keyin oyog‘imga razm soldim va hayratdan qotib qoldim. U umuman boshqa tomonga qarab qolgandi (jarohat olganidan so‘ng).

Antonio Kassano (Italiya)

- Kapello men va Ronaldoni 45 daqiqa davomida mashq qildirdi. Lekin baribir o‘yinga tushirmadi. Shundan keyin men uning yoniga bordim va pastkash ekanligini aytdim («Real»dagi paytida murabbiy Fabio Kapello haqida).

 

- Ibragimovichda buqaning kuchi bor. Uni hech kim to‘xtata olmaydi. Maydonda ham, uning tashqarisida ham

 

Luka Toni (Italiya)

- Yodimda, bir safar Van Gal yulduz futbolchilarga ustozlik qilishdan aslo cho‘chimasligini namoyish etishga uringandi. Kutilmaganda shimini yechib, shogirdlariga nimadir dedi. Xayriyatki, men birinchi qatorda emasdim. Shu sababli uning nima qilganini ko‘rmadim. Lekin shunisi aniqki, u - telba mutaxassis! Futbolchilar bilan normal aloqa o‘rnatishni umuman bilmaydi («Bavariya» sobiq hujumchisi Lui Van Gal haqida).

 

Prins Boateng (Gana)

- Agar «Milan» Skudettoni qo‘lga kiritsa, Maykl Jekson kabi kiyinib, uning eng yaxshi raqslaridan birini ijro etaman - maydonning o‘zida! Zero faoliyatim davomida hali biror jiddiy sovrin yutganim yo‘q. Italiya chempionati esa qandaydir hunar ko‘rsatishga arziydi (2011 yil).

- Hech narsa gapirma. O‘zingning zo‘r futbolchi ekaning haqida umuman gapirma. Jim bo‘l va maydonga tushib, hammasini isbotla.

Mexmet Sholl (Germaniya)

- Men hammadan ko‘ra ko‘proq yadro urishi va yana Kandan qo‘rqaman («Bavariya» sobiq a’zosi, Kanning jizzakiligi haqida).

Lus Pfannenshtil (Germaniya)

- «Geylang» tarkibida eronliklarga qarshi to‘p surish uchun maydonga tushganimda, 100 ming kishilik stadiondagi aqldan ozgan muxlislarning baqir-chaqirlaridan o‘zimni yo‘qotib qo‘yay dedim. Nazarimda men oddiy darvoza oldida emas, balki naq jahannam darvozasi oldida turgandek edim (Germaniyalik posbon, OCHLda Eron klubiga qarshi «Ozodi» stadionidagi o‘yin haqida).

Davomi>>>

Kiritildi: 17:23, 30.11.2017.
O'qildi: 4335 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.