Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Yo‘qol—korrupsiya! Buxorodagi musobaqada yoshi kichiklashtirilgan futbolchilar ishtirok etishgani aniqlandi

Yo‘qol—korrupsiya! Buxorodagi musobaqada yoshi kichiklashtirilgan futbolchilar ishtirok etishgani aniqlandi

Baho:
+1 | -

29 noyabr kuni Buxoroda 2000-2001 yillarda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Musobaqada asosan “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klublarining yosh futbolchilaridan tashkil topgan Toshkent shahri terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Toshkentliklar hal qiluvchi final bahsida Sirdaryo viloyati terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Ma’lumki, viloyat terma jamoalari ishtirokidagi O‘zbekiston chempionati turniriga tashkilotchilar har doim yuqori e’tibor bilan qarashgan.

Biroq ishonchli manbamizning berayotgan xabariga ko‘ra, bu galgi musobaqada juda ko‘p xatoliklar kuzatilgan...

Futbolning poydevori sifatida qaraladigan bolalar futbolida doimo bir muammo kuzatiladi.

Aniqrog‘i futbolchilarning yoshini kichiklashtirish masalasi butun dunyo bo‘ylab O‘zbekistonda ommaviylashgan desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Buxorodagi musobaqada ham bunday qabih ishlar bajarilgani bizni tashvishga solib, qalam tebratishimizga majbur etdi.

Keling, gapni bir boshidan boshlaymiz, musobaqaning “V” guruhidan o‘rin olgan Sirdaryo viloyati terma jamoasi dastlab xorazmlik tengqurlarini 5:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Ikkinchi kungi bahslarda esa Andijon termasiga 1:3 hisobi bilan mag‘lub bo‘lishdi va guruhda 2-o‘rinni egallashdi.

Chorak finalda Samarqand terma jamoasini penaltilar seriyasida (asosiy vaqt 1:1) 5:4 hisobi bilan mag‘lub etishdi va yarim final bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Sirdaryo viloyati terma jamoasi final ostonasida Toshkent viloyati vakillari bilan kuch sinashdi.

Bahs xususida Toshkent viloyati terma jamoasi futbolchisi A.O shunday dedi: “O‘yin davomida sirdaryoliklar safida uch nafar yoshi katta futbolchi borligini sezib qoldik.

Mazkur musobaqa 2000 yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgandi. Biroq raqiblar tarkiblarida 1998-1999 yilgi futbolchilar o‘ynashdi.

Ular 11, 14 va 17-raqamli liboslarda maydonga tushishdi va birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘z ishlarini bajarib (gol urib), tanaffusda almashtirilishdi va qayergadir yo‘qolib qolishdi.

 

O‘yinni 0:2 hisobida boy berdik. Murabbiylarimizga yoshi katta futbolchilar haqida aytdik. Ular bu ish yuzasidan shug‘ullanishga va’da berishdi.

Yarim final o‘yini 28 noyabr kuni o‘tkazilgandi. O‘sha kunning yarim tunida ham yoshi kichiklashtirilgan futbolchilarni fosh etish borasidagi ishlar muhokama qilinayotgandi.

Murabbiylarning aytishlariga ko‘ra, biz raqiblarda yoshi katta futbolchilar borligini isbotlay olganmiz.

Ularning shaxsiga ham aniqlik kiritilgan. Biroq ertasi kun finalda baribir sirdaryoliklar maydonga tushishdi.

 

Biz esa chetda tomoshabinga aylanib qoldik. Eng qizig‘i hal qiluvchi bahsda poytaxtliklar sirdayorliklar ustidan 2:0 hisobida g‘alabaga erishishdi.

Ular uch nafar yoshi katta futbolchilarni maydonga tushirib ham g‘alaba qozona olishmadi. Chunki halollik har joyda o‘z isbotini topadi. Kuchlilar g‘alaba qozonadi.

Taqdirlash marosimida g‘olib va 3-o‘rinni egallagan Andijon terma jamoasiga medallar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Vaziyatga ko‘ra, biz – Toshkent viloyati hamda Sirdaryo viloyati terma jamoalari taqdirlash marosimiga chaqirilmasdan qolib ketdik”, - deya so‘zlarini yakunladi A.O.

Hozirda sirdaryoliklarning murabbiylaridan lisenziyalari olib qo‘yilgan va bu masala bo‘yicha tez kunlarda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan majlis bo‘lib o‘tadi.

Manbaning xabariga ko‘ra, shuningdek, turnir davomida hakamlik darajasi ham oqsagan. Jumladan, Buxoro - Toshkent viloyati (0:2) uchrashuvida hakamlar mezbonlarga yonbosgan.

O‘yinda “adolat posbonlari” poytaxt viloyati vakillariga naqd 7 marta sariq va bitta qizil kartochka ko‘rsatishgan.

Bu ma’lumotlar hozircha rasmiy mutasaddilar tomonidan tasdiqlanmadi.

Ammo yuqoridagilar ayni haqiqat ekanligini ishonchli manbamiz tasdiqlamoqda. Qalampir.uz nashri yuqorida bo‘lib o‘tgan vaziyat yuzasidan yuqori tashkilotlar tegishli choralar ko‘rishlarini hamda bu masala haqida rasman ma’lumot berishlarini so‘raydi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 15:36, 02.12.2017.
O'qildi: 4651 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.