Daniya yarim himoyachisi Kristian Eriksen Ukrainaga (2:1) qarshi bahsda hushini yo‘qotdi.
Natijada unga tibbiy yordam ko‘rsatildi va birozdan so‘ng futbolchi o‘ziga keldi.
Daniya terma jamoasi rasmiy sayti xabar berishicha, bahs bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Eriksen bilan Yevro-2020da ham shu holat bo‘lgandi — yurak xurujiga uchragandi. Shundan so‘ng u yuragiga o‘rnatilgan kardiostimulyator bilan futbol o‘ynab kelayotgandi.













