Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

O‘FF Prezidenti va xodimlari “O‘zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi

O‘FF Prezidenti va xodimlari “O‘zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi

Baho:
+ | -

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 29 noyabrdagi farmoyishiga binoan Konstitusiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan, Bosh qomusimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shgan bir qator yurtdoshlarimiz qatorida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham "O‘zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Futbol Federasiyasining xodimlari — Muzaffar Qosimov, Shuhrat Shermatov, Diyor Isametdinov, Ma’mur Saidqosimov, Baxtiyor Mametov, Alim Arifov, Shuhrat Saydaliyev, Shamil Iseev, Mardon Ishanjanovlarga  ham shunday esdalik nishonlari topshirildi.

Bundan tashqari, ikki nafar FIFA referisi Valentin Kovalenko va Sherzod Qosimovlar ham mana shunday yuksak e’tirofga loyiq deb topilishdi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:59, 07.12.2017.
O'qildi: 2704 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.