Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Sardor Azmun: «Zlatandek o‘ynashni istayman»

Sardor Azmun: «Zlatandek o‘ynashni istayman»

Baho:
+ | -

Eron termasi va «Rubin» klubi hujumchisi Sardor Azmun RT nashriga intervyu berdi. Suhbat chog‘ida u ko‘p narsalar haqida gapirib o‘tdi.

Shu o‘rinda aytish joizki, Azmun Eron milliy jamoasi safida ajoyib natija qayd etmoqda. Endigina 22 yoshga kirgan futbolchi terma safida 30ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 22 marta ishg‘ol qildi.

E’tiborli tomoni, u gollarining yarmini JCH-2018 saralash bahslarida urishga erishdi.

— Eron termasi JCH-2018 yo‘llanmasini birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritdi. Siz va jamoadoshlaringiz Rossiyada qanday hissiyotlar bilan maydonga tushasizlar?

— Hamma futbolchiga ham jahon chempionatida o‘ynash nasib etavermaydi. Turnirning final bosqichiga chiqishning o‘zi katta yutuq. Mening asosiy maqsadim, terma jamoaning guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash.

— Rossiyada anchadan buyon istiqomat qilasiz. Mundialga kelmoqchi bo‘lgan eronlik muxlislarga qanday maslahatlar berasiz?

— Kelgach, mamlakatingiz bilan yaxshilab tanishib olishlarini istardim. Ishonchim komil, hamyurtlarimning aksariyati rus madaniyati, mintaqalardagi mahalliy urf-odatlardan zavq olishadi. Shuningdek, Rossiyada bir-biridan chiroyli shaharlar bor.

— Sizni «eronlik Messi» deyishadi. O‘zingiz esa Zlatan Ibragimovichning muxlisisiz. Nima uchun aynan shvedni tanlagansiz?

— Meni nima sababdan Messiga taqqoslashlarini bilmayman. U bilan o‘yin uslubimiz umuman boshqacha. Zlatan­ esa kumirim. Ibragimovichdek yuqori saviyada o‘ynashni istayman.

— Terma safida 30 uchrashuvda 22ta to‘p kiritdingiz. Nima uchun klubda to‘purarlik qobilyatingizni namo­yish qila olmayapsiz?

— Milliy jamoa bilan klubning farqi bor. Ayniqsa, ehtiros borasida.

— Ko‘pchilikning aytishicha, siz «Rubin»dan «Rostov»ga, keyinchalik «Rostov»dan «Rubin»ga Qurbon Berdiyev tufayli o‘tgan ekansiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, hammadan ko‘ra ko‘proq unga ishonasiz. Shundaymi?

— Ha, unga ishonchim yuqori.

— U bilan «Rubin»da ishlash yoqyaptimi?

— Ayni payt Qurbon Bekiyevich Rossiyaning eng malakali murabbiylaridan biridir. Qozonda uni barcha hurmat qiladi. Berdiyev ajoyib inson.

— Qozonda sizga ko‘proq nima yetishmaydi?

— Do‘stlarim. Ularning deyarli barchasi Eronda qolgan. Rossiyada yangi tanishlar orttirdim. Lekin avvalgilarini unutmadim. Ular bilan ko‘proq ko‘rishib turishni istardim.

— Aytishlaricha, birdaniga 25-30 nafar do‘stingiz mehmonga kelar ekan. Birgalikda vaqtingizni qanday o‘tkazasiz?

— Bu raqamlar oshirib ko‘rsatilgan. Aslida esa, ancha oz. Katta futbolga qadam qo‘yishdan oldin, ya’ni 17 yoshimgacha bir qator yigitlar bilan do‘stlashganman.

Ularni haqiqiy do‘stlarim deb hisoblayman. Afsuski, ma’lum sabablarga ko‘ra, birodarlarning barchasi bilan tez-tez ko‘rishib turish imkoni yo‘q.

— Rossiyaga oilangiz bilan kelgansiz. Yaqinlaringizning qo‘llashlarini qanchalik his qilasiz? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:36, 09.12.2017.
O'qildi: 4812 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.