Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Shahram G‘iyosov Osiyoda 2017-yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi

Shahram G‘iyosov Osiyoda 2017-yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Osiyo boks konfederasiyasi 2017-yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil etdi.

So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, "Yilning eng yaxshi bokschisi" yo‘nalishida Gamburgdagi jahon chempionatining oltin medal sohibi Shahram G‘iyosov g‘olib bo‘ldi. Hamyurtimiz ovozlarning 57,2 foiziga egalik qildi.

Shahramdan keyingi ikkinchi pog‘onani esa yana bir taniqlik bokschimiz Hasanboy Do‘smatov band qildi. Rio olimpiadasining oltin medal sohibi 32,8 foiz ovoz to‘plashga erishdi. Kuchli uchlikka esa qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyev yakun yasadi.

"Yil kashfiyoti" yo‘nalishida ham ikki nafar boksichimiz e’tirof etilishdi. Unga ko‘ra, Gamburgdagi mundialda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunov bu yo‘nalishda kuchli uchlikka kiritilishdi. Birinchi pog‘onani suriyalik Hussayn Al-Masri egalladi. Biroq, bu so‘rovnomada bokchsilarimiz kichik farq bilan ortda qolib ketishdi.

Shuningdek, Osiyo boks konfederasiyasi "Yilning eng yaxshi boks federasiyasi" yo‘nalishida ham so‘rovnoma tashkil etdi. Bu yo‘nalishda esa O‘zbekiston boks federasiyasi katta farq bilan g‘olib deb topildi. O‘zbekiston boks federasiyasi muxlislarning 91% ovoziga ega bo‘ldi.

Osiyo boks konfederasiyada o‘zbek bokschilari bu mavsum hamma musobaqada muvaffaqiyatlik qatnashishgani alohida tilga olindi.

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 18:26, 13.12.2017.
O'qildi: 2162 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик