Angliyaning “Manchester Siti” klubi ustozi Pep Gvardiolaga qaysi jamoalarning o‘yinlari yoqayotganini aytdi.
“O‘ylashimcha, “Tottenxem” va “Chelsi” barchadan ko‘ra ko‘proq futbol o‘ynashni istamoqda. Ular raqibga qarab emas, o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishmoqda. “Suonsi” bilan bahsdan uch kun o‘tib, yana bir jiddiy bahsda maydonga tushamiz.
Tiklanib olish uchun ko‘p vaqt kerak emas. Biroq “Tottenxem” bilan bahsga tayyormiz, deb ayta olaman”, - deydi Gvardiola.