«Real» hujum chizig‘iga superyulduz futbolchini olib kelish g‘oyasidan voz kechmayapti. Gap Erling Xoland haqida bormoqda, uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
The Sun sahifalarida yozilishicha, «Real» Xosep Gvardiola «Manchester Siti»dan ketganidan so‘ng, Xolandning o‘z kelajagini boshqa klubda ko‘rishi mumkinligi haqidagi har qanday ishoradan foydalanib qoladi.
«Manbalarning xabar berishicha, Xoland hatto «Manchester Siti» APL titulini qo‘lga kirita olmaganidan oldinroq ham tushkun kayfiyatda bo‘lgan, Pep Gvardiolaning ketishi haqidagi mish-mishlar esa haqiqatga aylandi», — deyiladi maqolada.
Transfermarkt portali 25 yoshli Erling Xolandni 200 million yevroga baholamoqda.













