Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» delegasiyasi transfer maqsadida Londonga yetib keldi

«Barselona» delegasiyasi transfer maqsadida Londonga yetib keldi

Baho:
+-1 | -2

«Barselona» muhim muzokaralar o‘tkazish uchun o‘z delegasiyasini Londonga yubordi. Xususan, Angliyaga sport direktori Deku hamda uning yordamchilari — Boyan Krkich va Joau Amaral yo‘l olgan.

Jurnalist Jerar Romeroning tasdiqlashicha, «ko‘k-anorranglilar» vakillari allaqachon Londonga yetib borishgan. U yerda delegasiya «Chelsi» rahbariyati bilan hujumchi Joao Pedroning ehtimoliy transferi bo‘yicha uchrashuv belgilagan. Muzokaralarda braziliyalik futbolchining agentlari ham faol ishtirok etmoqda.

Qayd etilishicha, «Barselona» hujum markazini kuchaytirish uchun ikkita asosiy variant ustida ish olib bormoqda. Birinchi nomzod — «Chelsi»dan Joao Pedro, ikkinchisi esa «Atletiko Madrid» a’zosi Xulian Alvares. Ideal ssenariyda kataloniyaliklar har ikki to‘purar bilan shartnoma imzolashga umid qilishmoqda.

Kiritildi: 15:27, 26.05.2026.
O'qildi: 2699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик