Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Galing keldi, Sane yoxud bu futbolchi bilan tanishing va eslab qoling!

Galing keldi, Sane yoxud bu futbolchi bilan tanishing va eslab qoling!

Baho:
+ | -

Ushbu sahifani senegallik Salif Sanega bag‘ishlashimizning asosiy sababi shuki, u «Gannover»da o‘ta ishonchli to‘p surmoqda.

«Ol-a, shunga shunchami, Bundesliganing o‘rtamiyona jamoasida o‘ynaydigan, boz ustiga, ko‘pchilikka notanish himoyachi kimni ham qiziqtirardi?» deyishga oshiqmang.

Zero, bu yigit joriy mavsumda «Gannover» raqiblari uchun o‘tib bo‘lmas devordek taassurot qoldirmoqda.

Xullas, football.ua sayti ijodkorlari unga bejiz alohida e’tibor qaratishmadi. Harqalay, Salif shu ketishda kuchliroq jamoa safidan joy olishi ham hech gap emas.

2 dekabr oqshomi «Alyans-Arena»ga to‘plangan muxlislar kayfiyatini tushunish qiyin emasdi - hamma «Bavariya» Myunxengladbaxdagi mag‘lubiyatdan keyin qanday o‘yin ko‘rsatishiga qiziqardi.

Tabiiyki, Yupp Xaykess jamoasi faqat g‘alaba evaziga o‘zini oqlashi mumkin edi va myunxenliklar buni uddalashdi. «Bavariya» g‘azabiga aynan qahramonimiz jamoasi duch keldi - «Gannover» 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Lekin bu omadsizlik Salif Sanening joriy mavsum to‘plagan obro‘siga putur yetkazolmaydi.

Qarang, himoyachi bundan oldingi 13ta uchrashuvning 6tasida eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etildi. Oddiy aytsak, senegallik yigit bu borada Bundesliga-2017|2018da eng yaxshi natija ko‘rsatib turibdi.

Taqqoslash uchun aytsak, uning eng yaqin ta’qibchilari 3 martadan eng yaxshi maqomini olishgan, xolos. Sane Whos Cored reytingida esa 7,76 ball bilan chempionatdagi barcha futbolchilar orasida 2-o‘rinni egallab turibdi.

 Qiziq, Sane nima uchun avvalroq e’tiborga tushmagan? Mavjud shart-sharoitlar sabab. 27 yoshli futbolchi «Gannover» safiga 2013 yili qo‘shilgandi. Jamoa esa 2011|2012 yillar mavsumida xalqaro maydonda muvaffaqiyatli to‘p surib, YEL chorak finaliga chiqqandi. «Gannover» yarim final yo‘llanmasi uchun kurashda Madrid «Atletiko»sidan yengildi.

Salifning debyut mavsumida ham jamoa nufuzli turnirda qatnashdi. Lekin bu safar 1|16 finalda Gus Xiddink boshqaruvida o‘ynagan «Anji» to‘sig‘idan o‘tolmadi. Natijada mavsum o‘rtasida bosh murabbiy Mirko Slomka iste’foga chiqarildi. U senegallik himoyachiga asosiy tarkibdan joy bermagandi.

Xullas, Sane avvaliga o‘rinbosarlar safida maydonga tushish bilan cheklandi - 13ta o‘yin. O‘sha payt afrikalik legionerning shimoliy shahar jamoasida bunchalik uzoq vaqt ushlanib qolishi tasavvurga ham sig‘masdi. Hammasi bosh murabbiy lavozimiga Andre Braytenrayter kelganidan keyin o‘zgardi.

Quyi diviziondan Bundesligaga qaytgan mutaxassis darhol himoyachi salohiyatini to‘g‘ri baholadi. Vaholanki, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:51, 18.12.2017.
O'qildi: 5767 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик