Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 2-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 0-0 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Superliga klublarining shifokorlari Doha shahriga yo‘l oldi

Superliga klublarining shifokorlari Doha shahriga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi shifokorlari Doha shahridagi “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida o‘tkaziladigan o‘quv-seminarda ishtirok etish uchun bugun, 19 dekabr kuni Turkiya orqali Qatarga yo‘l oldi.

O‘quv-seminar 20–21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Seminar davomida “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari o‘zbekistonlik shifokorlariga sport tibbiyotida qo‘llanilayotgan yangi vositalar, davolash uslublari, futbolchilarning sog‘lig‘ini nazorat qilib borishda ahamiyat berish kerak bo‘lgan muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumot beradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu seminar shu yilning 17 oktyabr kuni O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Qatar Futbol Assosiasiyasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad at-Taniy o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida tashkil etilmoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:29, 19.12.2017.
O'qildi: 2451 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик