Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Qur’a malikalari: Sofi Lorendan Mariya Komandnayagacha (fotogalereya)

Qur’a malikalari: Sofi Lorendan Mariya Komandnayagacha (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimini olib borishni qaysi hurliqolarga ishonib topshirishgan?

Rossiya-2018 mundiali tashkiliy qo‘mitasi qarori bilan jurnalist Mariya Komandnaya jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimida ishlagan taniqli aktrisa va professional modellar qatoriga qo‘shildi.

Ha, bungacha shar aylantirish-tortish marosimi bosh rollaridan biriga jahon miqyosida mashhurlikka erishganlarni jalb etishardi.

Ruslar esa bu masalada sal boshqacha ish tutishdi. Xo‘sh, Mariyadan oldin bunday sharafli vazifani kimlar bajarishgan?

Mariya Komandnaya - JCH-2018 qur’asi boshlovchisi. Butun jahon e’tiboridagi marosimda birinchi marta sport jurnalisti boshlovchilik qildi: 29 yoshli Mariya Komandnayaga sahnada Angliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Gari Lineker sherik bo‘ldi.

Mariya 12 yildan buyon sport yo‘nalishidagi OAVda ishlamoqda. U xususan, «Birinchi kanal», «Rossiya 2» va «Match TV»da tajriba to‘plagan. O‘tgan yili Konfederasiyalar kubogi vaqtida esa AQSHning FOX telekanali bilan hamkorlik qildi.

Aytish o‘rinli, Komandnaya kiyinish masalasida avvalgi mashhur boshlovchilardan farqlanib turdi. Zero, tashkilotchilar undan tadbir uchun o‘ta ochiq libos tanlamaslikni alohida so‘rashgandi.

Fernanda Lima - JCH-2014 qur’asi boshlovchisi. Braziliyalik model va aktrisa 2013 yilgi qur’a tashlash marosimini olib bordi. O‘sha vaqt 36 yoshda bo‘lgan Lima xonim mamlakat tashqarisida taniqli emasdi.

Qur’adan keyin esa chinakamiga mashhurlikka erishdi. U sahnaga o‘ta ochiq kiyimda chiqqan va buning natijasida Eronda tadbir translyasiyasi uzib qo‘yilgandi.

Ehtimol, shu tufayli eronlik muxlislar navbatdagi JCH tashkilotchilaridan boshlovchini tuzukroq kiyintirishni so‘rashgandir. Aytgancha, Lima o‘sha tadbirda futbol rahbarlari e’tiborini qozongandi, baribir.

Har holda, keyinroq uni «Oltin to‘p» topshirish marosimi va hattoki, FIFA Kongressi boshlovchilik roliga ham taklif etishdi.

Sharliz Teron - JCH-2010 qur’asi boshlovchisi. DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:09, 22.12.2017.
O'qildi: 10672 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.