Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi Fred “Kruzeyro” klubi bilan shartnoma imzoladi. 34 yoshli futbolchining kelishuvi 3 yilga mo‘ljallangan.
Fredning so‘nggi jamoasi “Atletiko Mineyro” bo‘lgandi. U bu klubni bir necha kunlar oldin rasman tark etdi.
Oldinroq braziliyalik futbolchi “Lion” va “Fluminense” kabi jamoalar tarkibida ham harakat qilgan.