Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Universal askar - Roberto Firmino

Universal askar - Roberto Firmino

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida «Liverpul»ning hujumkor kvarteti - Mane-Koutinyo-Saloh-Firmino «Spartak» mudofaasini yorib o‘tib, 7ta gol urishdi va shu tariqa «Enfild»ning hayratomuz hayqirig‘idan bahra olishdi.

Hozircha ushbu to‘rtlikdan eng kam e’tibor hamisha tabassum qiluvchi braziliyalikka qaratilmoqda. Vaholanki, YECHLning joriy mavsumida aynun u barqarorlik bobida boshqa sheriklarini ortda qoldirmoqda.

Firmino bunday muvaffaqiyatga mehnatsevarligi orqali erishgan.

Firminoning bolaligi boshqa braziliyalik futbolchilarnikidan farqlanmaydi. Otasi Joze Roberto ko‘chada sotuvchilik qilgan. Turli konsert va festivallar o‘tkazilayotgan joylarda ichimlik sotardi.

Onasi Mariya Sisera esa bu paytda kichkintoy Roberto va uning singlisiga qarardi. «Bolaligimda onam va otam futbol o‘ynashimga qarshi chiqishgan. Ular o‘qishimni xohlashgan. Hattoki, uyga qamab qo‘yishardi.

To‘p tepish uchun deraza orqali qochishga to‘g‘ri kelardi», - deya eslaydi Firmino. Uning qadrdon shahri Maseyo ajoyib plyajlari va odatiy kriminal voqealari bilan tanilgan.

Shu bois onasi Robertoni ko‘chaga qo‘yib yuborishdan qo‘rqar, jinoiy bandalarga qo‘shilib qolishidan hayiqardi. Braziliyadagi faoliyati «Klub Regatas Brazil»da boshlandi va u yarim himoya chizig‘ida to‘p surdi.

«Robertoning oilasi qashshoq edi. U futbolni yalangoyoqda o‘ynashga majbur bo‘lardi. Ungi pul berib, yo‘l xarajatlari va ekipirovka masalasida yordamlashardim», - deydi Firminoning birinchi murabbiyi Luis de Farias xotiralari bilan o‘rtoqlasharkan.

Qahramonimiz «KRB»da uzoq qolib ketmadi. Hammasiga klub stomatologi Marsellush Portelle sababchi bo‘ldi. U kelajakda o‘sishga erishish uchun yosh braziliyalik jamoasini almashtirishi lozimligini ta’kidlab, uning uchun «San-Paulu»da ko‘rik uyushtirdi.

Robertoning eslashicha, ikki hafta davom etgan ko‘rikda nafaqat to‘pga tegish, balki uni ko‘rishga zo‘rg‘a ulgurgan. Shunga qaramay, oldida boshqa bir imkoniyat ochildi - «Figeyrense».

«Dastlabki kundayoq chalqancha uslubda ikkita gol urib, hammani lol qoldirdim! - deya yodga oldi Firmino. - Ikkinchi kuni esa bu yerda menga iliq munosabatda bo‘lishlarini tushundim».

Avvalgi o‘smir o‘yinchi kamgaplikni ma’qul ko‘rdi. «Oilamni tashlab, janubga borish oson emasdi. Onam har kuni yig‘lardi. «KRB»ni tark etgach, bir yil mobaynida yaqinlarimdan uzoqda yurdim. Ammo bu hayot, orzuga erishish yo‘lida har qanday qiyinchilikka bardosh berish kerak», - deydi Firmino.

2009 yili Roberto o‘smirlar kubogida Neymar hamda Markinyos DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:25, 31.12.2017.
O'qildi: 2848 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.