Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

YECHL sari olg‘a! Yoxud APLda shov-shuv ko‘tarayotgan klub haqida

YECHL sari olg‘a! Yoxud APLda shov-shuv ko‘tarayotgan klub haqida

Baho:
+ | -

Bu jamoani Madridning «Real»iga o‘xshatishmoqda, tarkibida esa Yevropaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri to‘p suradi.

Gap Angliya premyer-ligasining joriy mavsumini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazayotgan «Byornli» haqida boryapti.

Bu qanday klub?

Hozircha «Byornli» va «Real»ni faqat ochkolar bo‘yicha solishtirish mumkin. «Qirollik klubi» 31 ochko bilan La Ligada 4-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, tumanli o‘lka jamoasi APLda 32 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinda bormoqda.

Demak, har ikki klub kelgusi mavsum Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini taqdim etadigan pog‘onalar uchun kurashish imkoniyatiga egalar. Farqi shundaki, «Real»­ning egallab turgan o‘rni o‘zi uchun omadsiz sanalsa, «Byornli» o‘z ishtiroki bilan premyer-ligani lol qoldirmoqda.

Har holda nomi chiqqan yetakchilarni ortda qoldirish osonmas. Ayni payt bu jamoani ertaknamo g‘alabalarga erishgan «Lester»ga qiyoslashmoqda. To‘g‘ri, «tulkilar»ning muvaffaqiyatini takrorlashga «Manchester Siti» yo‘l qo‘ymaydi, ammo baribir, «Byornli»ning o‘yini odatiy tendensiyalardan chalg‘ishga undamoqda.

Tarkibda yulduz bormi?

Nik Pop - WhoScored portali tal­qiniga ko‘ra, Yevropaning eng yaxshi darvozaboni. Statistiklar unga 7,2 ball berishdi. Vaholanki, siz ushbu kiper haqida eshitmagan bo‘lishingiz mumkin.

Pop «Byornli»ga 2016 yili «Charlton»dan o‘tgan. U avalgi mavsum Ibragimovichning kuchli zarbalarini qaytargan Tom Xitonning soyasida qolib ketayotgandi. Chempionat boshida Xiton jarohat olgach, Popda o‘zini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat tug‘ildi.

Dastlabki 14ta bahsda darvozasidan atigi 8ta to‘p olib chiqdi. Yettita o‘yinni «quruq» o‘tkazdi. Ayni payt uning transfer bahosi 1 million yevroga baholanmoqda.

Qaysi murabbiy shug‘ullantiradi?

Shon Daych 2012 yildan buyon «Byorn­li»ni boshqarib kelmoqda. U 45 ming funtlik soat taqishi bilan APL murabbiylari orasida ajralib turadi, ushbu mutaxassis «Byornli» bilan ko‘plab qiziq davrlarni boshdan kechirdi.

Misol uchun, avvalgi safar jamoa premyer-ligani tark etganida, Daychni ishdan bo‘shatishmadi. U klubni elitaga qaytarib, keyinchalik «Everton»dan tushgan taklifga rad javobini berdi.

Ayni payt esa «Byornli»ni YECHL sari yetaklamoqda. Ian Rayt bu murabbiyni Arsen Vengerning «Arsenal»dagi vorisi deb atadi. Darhaqiqat, Shonning «kanonirlar»ni sevimli to‘rtinchi o‘ringa olib chiqishi, shubhasiz.

Asosiy o‘yin

Yangi mavsum startida «Byornli» kutilmaganda «Chelsi»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Qizig‘i, bu ishni juda chiroyli tarzda amalga oshirdi. 43-daqiqaga kelib, Daych jamoasi raqib maydonida 3:0 hisobida oldinda borayotgandi.

Londonliklar javob tariqasida ikkita to‘p kiritishdi, xolos va uchrashuvni 9 kishi bo‘lib tugatishdi: hakam «Chelsi»ning ikki futbolchisini chetlatdi. O‘shanda «Byornli»ning o‘yinini shov-shuvga yo‘yishgandi, ammo ko‘p o‘tmay hammasi odatiy holga aylandi.

«Men Gordograddagi eng takabbur odamman! Biz jamoamiz mavsumni munosib o‘tkazishi uchun ko‘p ishladik. Endi esa ter to‘kishda davom etish kerak. Ishonchim komilki, o‘sishdan to‘xtamaymiz», - dedi Daych hozirgi jarayonga izoh berarkan.

Qanday daromad orttirishadi?

«Byornli» bundan ham kuchliroq bo‘lishi mumkin edi. O‘tgan mavsum himoya chizig‘ida Maykl Kin to‘p surgandi. Uni «Manchester Yunayted» ortga qaytarishga urindi, biroq «Byornli» Kinni «Everton»ga sotdi. Transfer summasi barcha bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 30 million funtga yetdi.

Hozir uning o‘rnida Jeyms Tarkovski o‘ynayapti. WhoScored portali ushbu himoyachiga 7,5 reyting balli qo‘yib, uni Yevropaning eng yaxshi mudofaa chizig‘i vakillari ro‘yxatida qayd etdi. O‘tgan mavsum Jeyms deyarli barcha uchrashuvlarni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgandi.

Bu holat qancha davom etadi?

«Byornli»ni oldinda dahshatli taqvim kutib turibdi. «Brayton» bilan o‘yinda hisob ochilmadi, «Xaddersfild»ga qarshi bahsda uch ochkoga umid bog‘lasa bo‘ladi.

Ammo «Manchester Yunayted», «Tottenxem» va «Liverpul» bilan o‘yinlarda Daych shogirdlarini haqiqiy sinovlar kutib turgani aniq. Aynan shu uchrashuvlardan so‘ng «Byornli»ning kelajagi haqida tayinli fikr bildirish mumkin. To‘rtinchi o‘rin uchun kurashda top-klublar ularga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishi turgan gap.

Mabodo, jamoa yanvarda 7-pog‘onaga tushib ketsa ham mavsumning yarmini muvaffaqiyatli o‘tdi, deb hisoblasa bo‘laveradi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:58, 03.01.2018.
O'qildi: 9841 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.