Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘zPFL muxlislar bilan ishlash borasida yangi loyihalar ishlab chiqdi

O‘zPFL muxlislar bilan ishlash borasida yangi loyihalar ishlab chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi yangi mavsumda O‘zbekiston Chempionati bahslarida muxlislar bilan ishlash, muxlislarni stadionlarga qaytarish, klublar muxlislari madaniyati hamda imijini oshirish uchun bir qator yangi loyihalar ishlab chiqdi.

Ayni damda, Superliga hamda Pro-Liga uchrashuvlariga muxlislar tashrifi kamayib bormoqda. Buning sababi sifatida, stadionlarda muxlislar uchun qulayliklar hamda sharoitlar yo‘qligini ko‘rsatish mumkin. Klublar hamda stadionlar rahbariyati bu borada yangi mavsumdan boshlab yangi talablar asosida faoliyat olib borishi e’lon qilindi.

Ta’kidlash lozim, bu kabi muammo nafaqat klub yoki stadion, balki O‘zPFL uchun ham salbiy omil hisoblanadi. Shu boisdan ham, O‘zPFL rahbariyati muxlislarni yana stadionlarga qaytarish, ularning madaniyati oshirish, klublar qoshidagi muxlislar klublari faoliyatini yanada yaxshilash hamda ularga qulayliklar yaratish maqsadida bir qator mutaxassislarni ishga jalb etdi. Ayni damda mutaxassislar bu kabi salbiy muammolarni bartaraf etish uchun bir nechta loyiha va tadbirlarni ishlab chiqishdi. Ushbu loyihalar rejaga ko‘ra yangi mavsumda bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Dastlabki bosqich:

Uchrashuvlardan oldin anonslar tayyorlash va uni keng ravishda yoritish. Bu orqali, birinchi navbatda, muxlislarning uchrashuv haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin. Shuningdek, klub rasmiy sayti yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar o‘rtasida turli promo-aksiyalar, viktorinalar va lotoreyalar tashkil etish va g‘oliblarga uchrashuvga chiptalar taqdim etishni tashkil qilish.

 

Muxlislar uchun qulayliklar.

Klub hamda stadion rahbariyati muxlislarning stadionlarga tashrifi uchun alohida dasturlar ishlab chiqishi rejalashtirilgan.

 

1. Muxlislar uchun alohida yo‘laklar tashkil qilish va ularga yo‘l ko‘rsatuvchi maxsus belgi hamda ishoralardan foydalanish.

2. Klub muxlislar klubi uchun alohida sektor tashkil etish.

 

3. Uchrashuv davomida muxlislar uchun stadion xududida barcha turdagi yegulik hamda ichimliklar savdosini tashkil etish

4. Uchrashuvlardan oldin muxlislarga klub atributikalarini, ma’lum miqdordagi futbol to‘plari, sharflar tarqatish.

5. Oilaviy sektorlar tashkil etish.

Uchrashuvlardan oldingi tashkiliy ishlar.

1. Klub rahbariyati har bir uchrashuv oldidan muxlislar uchun turli madaniy tadbirlarni tashkil etishi. Konsert dasturlari, aksiyalar, sovg‘alar tarqatish.

Stadion xududida o‘yin boshlanishidan avval qiziqarli tadbirlar uyushtirish va unda kelganlar ishtirokini futbol uchrashuviga xarid qilingan chiptasi asosida bepul amalga oshirish orqali muhlislar sonini yanada ko‘paytirish.

Ushbu loyihalar hamda dasturlar O‘zPFL rasmiy saytida e’lon qilib boriladi.

 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:03, 04.01.2018.
O'qildi: 3395 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.