Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yangi OCHL. U qanday bo‘ladi?

Yangi OCHL. U qanday bo‘ladi?

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda Osiyo Chempionlar Ligasi o‘zbek klublari uchun juda og‘ir o‘tmoqda. Oxirgi marta Mirjalol Qosimovning «Bunyodkor»i besh yil muqaddam yarim finalga qadar yetib borgandi.

Shundan buyon ko‘p suvlar oqib o‘tdi. «Qaldirg‘ochlar»ning hozirgi tarkibi avvalgisidan keskin farqlanadi. Boz ustiga, bu jamoa Chempionlar Ligasi yangi mavsumida ham qatnashmaydi.

Qolgan klublar esa hozircha arzigulik natija ko‘rsata olishmadi. «Lokomotiv»ning bir marta chorak finalga chiqqanini aytmasa, boshqa maqtovga loyiq muvaffaqiyat yo‘q.

Masalan, o‘tgan yili birorta klubimiz guruhdan chiqish vazifasini uddalay olmadi. OCHLning bir mavsumida O‘zbekistondan to‘rt jamoa qatnashgan vaqtlarni ko‘rdik, ammo yakuniy natija ko‘ngildagidek bo‘lmadi.

Aksincha, Chempionlar Ligasi boshlanishini xavotir ila qarshilashga ko‘nikdik.

Joriy mavsum yurtimizdan uchta klub Chempionlar Ligasi guruh bos-qichida ishtirok etishi mumkin. Hozircha bu huquq faqat «Lokomotiv»da bor. «Nasaf» va «Paxtakor» esa avval «pley-off» bahslaridan o‘tib, asosiy bosqichda o‘ynashga munosib ekanliklarini isbotlashlari lozim.

Bu borada «Nasaf»da imkoniyat yaxshiroq. Aniqrog‘i, raqib u qadar kuchli ko‘rinmayapti. Qarshiliklar o‘z maydonlarida Iordaniyaning «Al-Faysali» klubini qabul qilishadi.

Aksincha, «Paxtakor»ning raqibi ancha jiddiy - Qatarning «Al-Garafa» jamoasi. Poytaxtliklar uchun OCHL saralashi qay darajada og‘ir kechishini birgina misol bilan ham ko‘rsatish mumkin - «pley-off»ning yagona bahsi safarda, «Al-Garafa» maydonida bo‘lib o‘tadi.

GURUH

Ammo bu hali hammasi emas. Agar klublarimiz oldiga qo‘yilgan vazifa faqat guruh bosqichida ishtirok etish bo‘lganida, balki bu qadar qayg‘urmasdik. Chunki bittagina o‘yin-da g‘alaba qozonib, keyin mavsumni to‘liq boy berish mumkinligini «Bunyodkor» misolida ko‘rib olganmiz.

Yodingizda bo‘lsa, Sergey Lushan boshchiligidagi «qaldirg‘ochlar» Chempionlar Ligasi saralashidan har doim o‘ta olishgan, ammo guruh bosqichida bitta ham g‘alabaga erisha olmay, ancha uyatga qoldirgandilar. Bu an’ana boshqa klublar tomonidan ham «imkon qadar» davom ettirilgan.

O‘tgan yili hech bir vakilimiz guruhdan chiqa olmaganini yuqorida aytib o‘tdik. Bu yil ham mana shu noxush an’ana davom etgan taqdirda o‘zbek futboli muxlislarining ko‘ngli ranjishi turgan gap. Chunki biz hali hech qachon doimiy autsayderlar ro‘yxatida bo‘lmaganmiz.

O‘rtamiyona bo‘lgandirmiz, ammo autsayder emas. Masalan, terma jamoamiz hali jahon chempionatida ishtirok etmasada, birorta ham Osiyo kubogini «begona» qilmagan. Shunday ekan, klublarimiz qatorasiga ikkinchi yil OCHLda guruhda qolib ketsa, bizga yoqmasligi aniq.

Xo‘sh, yangi mavsumda vaziyat qanday ko‘rinish olishi mumkin?

RAQIBLAR

Yakuniga yetgan mavsumda O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan va kubok sohibi bo‘lgan «Lokomotiv» Chempionlar Ligasida yangi mavsumni «V» guruhida boshlaydi. «Temiryo‘lchilar»ga Qatarning «Duhail» va BAAning «Al-Vahda» klublari qarshilik ko‘rsatishadi.

Shuningdek, Eronning «Zob-Ohan» hamda Hindistonning «Aizavl» jamoalari o‘rtasida kechadigan «pley-off» bosqichi g‘olibi ham ushbu kvartetdan joy oladi. Garchi bu juftlikda kim g‘olib chiqishini oldindan taxmin qilish qiyin bo‘lmasa-da, hind futboliga hurmat yuzasidan indamay turishni ma’qul ko‘rdik.

Har qanday holatda ham «Lokomotiv»ga oson bo‘lmaydi. Chunki «Al-Vahda»ning qanday kuchga ega ekanini yaxshi bilamiz. Qolaversa, «Zob-Ohan» ham «pley-off»dan o‘tgan taqdirda jiddiy kurash taqdim etishi turgan gap. Bu jamoalar uchun guruhda qolib ketish haqiqiy fojiaga teng. O‘z navbatida, «Duhail» ham nimanidir isbotlashga urinishi aniq.

«Nasaf» esa «pley-off»da «Al-Faysali» to‘sig‘idan o‘ta olsa, «S» guruhiga joylashadi. Bu to‘rtlikdan Eronning «Piruzi», Qatarning «Al-Sadd» va Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Vasl» jamoalari joy olishgan. Mazkur raqiblar qarshisida «Nasaf»ning imkoniyatlari u qadar yuqori ko‘rinmasligi aniq. Shunday ekan, qarshiliklar isbotlaydigan narsalar juda ko‘p.

«Paxtakor»ning raqiblari ham ancha jiddiy. «Sherlar» uchun haqiqiy sinov «pley-off» bosqichidayoq boshlanadi. Shota Arveladze shogirdlari to‘g‘ri yo‘ldan ketishayotganini, avvalo, «Al-Garafa»ga qarshi kechadigan bahsda isbotlashlari lozim

. Faqat shu o‘yinda g‘alaba qozongan taqdirda «A» guruhida BAAning «Al-Jazira», Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» va Eronning «Traktorsozi» jamoalari bilan kuch sinashish imkoni tug‘iladi.

Raqiblarga qaraydigan bo‘lsak, bu kvartetni «o‘lim guruhi», deb atash mumkin. Ammo «paxtakorchilar» eng avvalo, ushbu turnirda qatnashishga munosib ekanliklarini isbotlashlari lozim. Faqat shundan keyingina guruhdan chiqish haqida gaplashish mumkin.

«LOKOMOTIV»

«Temiryo‘lchilar» O‘zbekistonning yetakchi klubi ekanliklarini isbotlay olishdi, ammo nima uchundir bu yetakchilik vaqtinchadek taassurot uyg‘otaveradi.

Bunga nima sabab bo‘layotganini ham tushunish mumkin. «Lokomotiv» ikki yildan buyon chempionlikka erishmoqda, ammo yetakchi futbolchilarni o‘z safida ushlab qolishning uddasidan chiqolmayapti. O‘tgan mavsum yakuniga yetgandan so‘ng Server Jeparov, Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedovlar klubdan ketishgandi.

Joriy mavsum ham ushbu an’ana davom etishi mumkin, chempionat to‘purari Marat Bikmayevga xorijdan takliflar bor. Shuningdek, jamoa kelajagi bo‘lishi kutilgan Ikrom Aliboyevga ham «Paxtakor» jiddiy qiziqmoqda. Jamoa sardori Temur Kapadze faoliyatini yakunlaganini inobatga olsak, Aliboyevning ketishi «Lokomotiv» uchun katta muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Ikrom jamoada qolgan taqdirda esa, «temiryo‘lchilar» Jaloliddin Masharipovdan ayrilishlari ehtimoli katta. Chunki uning transfer huquqi «Paxtakor»ga tegishli bo‘lib, mavsum yakuniga ko‘ra «sherlar» uni qaytarib olishni istab qolishlari mumkin.

Albatta, «Lokomotiv» og‘ir vaziyatdan chiqib keta olishini ko‘p marta isbotlab ulgurdi. Xususan, o‘tgan yili Server Jeparov, Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedovlarning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar topildi. Bu yil ham shunday bo‘lishiga shubha yo‘q.

Balki amaldagi chempion qo‘shimcha kuchlar evaziga O‘zbekiston chempionatidagi raqobatbardoshlikni saqlab qolar. Ammo bu yo‘qotishlar Chempionlar Ligasiga ta’sir o‘tkazishini hech qanaqasiga inkor etib bo‘lmaydi. O‘tgan yili ham shunday holat kuzatilgandi: yangilar jamoaga moslashib olgunga qadar OCHLda qimmatli ochkolar boy berilgandi.

«PAXTAKOR»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:34, 04.01.2018.
O'qildi: 9285 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.