Londoning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte “MYU” ustozi Joze Mourinyo bilan bo‘lib o‘tayotgan nizolar qanday vujudga kelganini tushuntirib berdi.
“Bu Mourinyo va “Chelsi” o‘rtasidagi muammo emas. Ikkimizning shaxsiy muammoyimiz. Joze jiddiy ayblovlarini bo‘ynimga qo‘yadi. Buni eslab qolaman. Izoh berganimdan pushaymonmanmi? Shunga o‘hshayaptimi? Menimcha, bunday emas”, - dedi Konte.