Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Nemanyaya Yovanovich “Qizilqum” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda

Nemanyaya Yovanovich “Qizilqum” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -

Yangi yil oldida qisqa ta’tilga chiqqan “Qizilqum” futbolchilari 8 yanvardan boshlab o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarni boshlashdi.

Ayni kunda jamoa a’zolari Navoiy shahrida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazishmoqda.

Jamoamiz tarkibidagi o‘zgarishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘tgan yili “Qizilqum”da to‘p tepgan Otabek Zokirov,SHukurali Po‘latov, Otabek Isroilov, Akram Bahriddinov va Ilhom Yunusov jamoa bilan xayrlashdi.

Ayni paytda navoiylik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan Nemanyaya Yovanovich (Serbiya) va Grigoriy Kviseshvili (Gruziya) jamoamiz mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, “Neftchi”dagi yorqin o‘yinlari orqali ishqibozlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan posboni Yevgeniy Cheremisin (Rossiya) ham “Qizilqum” ko‘rigida bo‘lib turibdi. Bundan tashqari Eldor Boymatov (“Sho‘rtan”), Sarvar Xolmatov (“Surxon”), Doniyor Usmonov (“Navbahor”), Navro‘z Alimov (“Qo‘qon-1912”), Alisher Sanoyev (“Buxoro”) singari futbolchilar ham jamoamiz tarkibida shug‘ullanmoqda.

Shuningdek, o‘tgan mavsumda o‘rinbosarlar safida harakat qilgan iqtidorli mahalliy futbolchilar Suhrob Yarashev va Husniddin Fazliddinov asosiy tarkib a’zolari bilan birga.

Jamoamizning tajribali legioneri turkmanistonlik Artur Gevorkyan yaqin kunlarda safga qaytadi. Shuningdek, yig‘in davomida gruziyalik hujumchi ham jamoa tarkibiga kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Futbolchilarimiz 25 yanvarga qadar tayyorgarlikni Navoiyda davom ettirishadi. So‘ngra o‘quv-yig‘in mashulotlari poytaxtimiz Toshkentda o‘tkaziladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:21, 11.01.2018.
O'qildi: 2331 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик