Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Navbahor» o‘rtoqlik o‘yinida «Oq-tepa»dan ustun keldi

«Navbahor» o‘rtoqlik o‘yinida «Oq-tepa»dan ustun keldi

Baho:
+ | -

Bundan biroz vaqt oldin "Oq-tepa" o‘yingohida "Navbahor" - "Oq-tepa" jamoalari o‘rtasidagi nazorat o‘yini yakunlandi. Uchrashuvda jamoamiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv birinchi bo‘lim boshlarida Dilshod Sharofitdinov Azizbek Turg‘unboyevning to‘p oshirishidan keyin bir himoyachini aldab darvozaning olis burchagini nishonga olib hisobni ochdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida esa "Oq-tepa" futbolchilari hisobni tenglashtirishni uddasidan chiqishdi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida Azamat Allaniyozov jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Keyinchalik Jahongir Mehmonov ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishga erishdi. Aynan shu hisob bahs yakuniga qadar o‘zgarmadi.
Mazkur uchrashuvda murabbiylarimiz ikki nafar yangi futbolchini ko‘rikdan o‘tkazganliklarini aytib o‘tish joiz. O‘tgan mavsumda “Neftchi” darvozasini qo‘riqlagan Abdumavlon Abdujalilov va mavsum ikkinchi yarmida “Obod” safiga qo‘shilgan Ibrohim Abdullayevlar shular jumlasidandir. Ushbu futbolchilar mashg‘ulotlar va nazorat o‘yinlarida o‘zlarini ko‘rsata olishsa “Navbahor” jamoasiga o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Jamoamiz uchrashuvni quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Abdumavlon Abdujalilov, Mirzohid G‘ofurov, Jahongir Mehmonov, Ibrohim Abdullayev, Avazbek Mamatxo‘jayev, Azizbek Turg‘unboyev, Oston O‘runov, Dilshod Sharofiddinov, Zohir Pirimov, A’zam Aliyev, Azamat Allaniyozov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Mamatxanov, Ilhom Boydedayev, Ravshan Xursanov, Ravshan Do‘stmatov.

“Navbahor” FK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:51, 11.01.2018.
O'qildi: 2583 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик