Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Yana matematika. O‘zbekiston keyingi bosqichga qur’a yordamida chiqishi mumkin

Yana matematika. O‘zbekiston keyingi bosqichga qur’a yordamida chiqishi mumkin

Baho:
+1 | -

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida guruhimizda 2 turdan keyin paydo bo‘lib qolgan vaziyat ko‘pchilikni chalkashtirgani tabiiy. Guruh o‘yinlari natijasiga ko‘ra, pley-off yo‘llanmasi sohibi hatto sariq va qizil kartochkalar soniga qarab ham aniqlanishi mumkin.

Bunday holat agar, Xitoy Qatarni, biz esa, Ummonni bir xil - 1:0 hisobida yutsak, sodir bo‘ladi. Guruhdagi uch jamoa bir xil - 6 ochkoga ega bo‘ladi va guruh g‘oliblarini aniqlash uchun, avvalo, mana shu uch jamoa o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar natijasiga qaraladi. O‘z-o‘zidan Ummon bilan natijalar ayrilib tashalganda, qo‘yidagi holat yuzaga keladi. 

Xitoy              2    1    0    1    1-1    3

O‘zbekiston    2    1    0    1    1-1    3

Qatar              2    1    0    1    1-1    3

Demak, o‘zaro o‘yinlar natijasi yordamida kuchlilarni aniqlashning imkoni bo‘lmadi. U holda reglamentga ko‘ra, guruhdagi barcha o‘yinlardagi to‘plar nisbati inobatga olinadi. Ummonni 3-0 hisobida yutgan Xitoy guruhdagi birinchi o‘rinni egallaydi. 

O‘zbekiston va Qatarda esa, u taqqosdan keyin ham teng ko‘rsatkichga ega bo‘lib qolaveradilar.

Mana shu yerda, ko‘pchilikning chalg‘ituvchi bir jihat bor. Ba’zilar, Qatar o‘zaro o‘yinda O‘zbekistonni yengganini inobatga olib, bu holatda 2-o‘rin arablarga tegishini taxmin qilishi mumkin. Lekin unday emas. 

Ochkolar teng bo‘lib qolganda, reglament bo‘yicha qo‘yidagi bandlar navbati bilan ishlaydi:

Ikki va undan ortiq jamoalar ochkosi teng bo‘lib qolganda, 

- jamoalarning  o‘zaro o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan ochkolar

- o‘zaro o‘yinlardagi to‘plar nisbati

- o‘zaro o‘yinlarda kiritilgan gollar soni

- yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yana ba’zi jamoalar teng bo‘lib qolsa, endi o‘sha tenglikni saqlab qolgan jamoalar ichida boshqatdan o‘zaro solishtirish amalga oshiriladi. 

Tenglik yana saqlanib qolinsa, 

- guruhdagi barcha o‘yinlardagi to‘plar nisbati

- guruhdagi barcha o‘yinlarda kiritilgan gollar soni

- agar tenglik saqlanayotgan jamoalar so‘nggi turda bir maydonda bo‘lsalar, penaltilar seriyasi

- qizil va sariq kartochkalar

- qur’a

O‘zaro o‘yinlar yuqorida jadvali keltirilgan pallada solishtirildi va o‘sha banddan so‘ng ham uch jamoa tengligicha qolgan edi. Agar o‘sha solishtiruvda, jamoalardan biri ustun yoki past bo‘lib qolganida, qolgan ikki jamoani alohida yana o‘zaro o‘yinlarda solishtirish mumkin bo‘lardi. 

(masalan, agar Xitoy Qatarni 2:1 yutsa ham uch jamoa teng ochko bo‘lib qoladi. To‘plar nisbati Xitoy va Qatarda 2:2, O‘zbekistonda 1:1 bo‘ladi va O‘zbekistonning uchinchi o‘rinni olishi aniq bo‘ladi. Guruh g‘olibini aniqlash uchun esa, endi Qatar va Xitoy alohida o‘zaro o‘yini bo‘yicha taqqoslanib, Xitoy guruhda birinchi bo‘ladi)

Ammo bizning vaziyatda guruhdagi umumiy to‘plar nisbati bandiga o‘tib bo‘lindi va endi orqadagi bandlarga qaytilmaydi. Guruhdagi umumiy to‘plar nisbati bo‘yicha, Qatar va O‘zbekiston yana teng natija qayd etmoqdalar. Keyingi bandda jamoalarning sariq va qizil kartochkalari soniga qarab solishtiriladi. 

Har bir sariq kartochka uchun 1 ball, ikki sariq kartochka natijasida olingan qizil kartochkaga 3 ball, sariq kartochkadan keyin olingan to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga 4 balldan hisoblanib, kichik ball qo‘lga kiritgan jamoa yuqori o‘rinni egallaydi. 

Qatar va O‘zbekiston yakunda bir xil ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib qolishini nazarda tutsak, bu jamoalar qo‘lga kiritgan kartochkalarga ham qarab qo‘yish mumkin. Bu borada ham hozir tenglik - 3-3. 

Agar bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham tenglik bo‘lib qolsa, qur’a tashlanadi.

Qahramon Aslanov

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 22:38, 13.01.2018.
O'qildi: 17141 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.